Daniyarova Sitora Qulmat qizi
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida bilingval ta’lim asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10796
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Pulatova Durdona Ravshanovna.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.11.2024.Ped.26.04.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Isakulova Nilufar Janikulovna. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Jabbarov Ulug‘bek Abduraxmonovich.
 Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim muassasalarida bilingval ta’lim asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini bilingval ta’lim asosida o‘qitishning didaktik imkoniyatlari lingvomadaniy differensiya, o‘quv jarayonidagi ikki tilli o‘zaro ta’sir dinamikasi va talabalarning kognitiv-pragmatik ehtiyojlari uyg‘unlashgan kommunikativ muhitda interfaol muloqot hamda multimodal perseptiv tizimlarning kross-funksional qo‘llashga ko‘ra aniqlashtirilgan;
    bilingval ta’lim asosida ingliz tilini o‘qitish modeli lingvodidaktik transformatsiya va multikomponentli kommunikativ kompetensiyalarni birlashtirishga tayangan holda o‘quv jarayonining kognitiv-strategik tuzilmasi, ikki tilli o‘zaro ta’sir mexanizmlarini affilyativ o‘quv faoliyatining metapragmatik talablariga ko‘ra lingvopragmatik muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
    bilingval ta’lim asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasi talabaning dialogik va refleksiv faolligini oshiruvchi raqamli kommunikativ muhit, multimodal o‘quv resurslar va ta’limiy texnologiyalar integratsiyasiga ko‘ra madaniy-konseptual kontekstda fikrlash hamda nutqiy faoliyatni yuritish malakalarini sinxron rivojlantirishning kognitiv-kommunikativ asosi orqali takomillashtirilgan;
bilingval ta’lim asosida ingliz tilini o‘qitish samaradorligi muloqotga kirishishda lingvistik aniqlik va nutqiy-semantik barqarorlik talablariga ko‘ra til birliklarining semantik xarakteri, ma’no tarmoqlari va pedagogik diskurs elementlari o‘rtasidagi funksional-stilistik muvofiqlikni o‘quv materiali konseptual birliklarining kognitiv izchilligi asosida belgilash orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
bilingval ta’lim asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari lingvomadaniy differensiya, o‘quv jarayonidagi ikki tilli o‘zaro ta’sir dinamikasi va talabalarning kognitiv-pragmatik ehtiyojlari uyg‘unlashgan kommunikativ muhitda interfaol muloqot hamda multimodal perseptiv tizimlarning kross-funksional qo‘llashni hisobga olib, fanlararo integratsiyalashgan o‘quv topshiriqlar asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Upwork English in Mechatronics and Robotics” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyundagi 22-0183/22-sonli ma’lumotnoma). Natijada bilingval ta’lim asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasini rivojlantirishning   fanlararo integratsiyalashgan o‘quv topshiriqlar tizimlashtirilgan;
bilingval ta’lim asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasini rivojlantirishning didaktik modeli lingvodidaktik transformatsiya va multikomponentli kommunikativ kompetensiyalarni birlashtirishga tayangan holda o‘quv jarayonining kognitiv-strategik tuzilmasi, ikki tilli o‘zaro ta’sir mexanizmlarini affilyativ o‘quv faoliyatining metapragmatik talablariga ko‘ra lingvopragmatik muvofiqlashtirishni ta’minlash  asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Upwork English in Mechatronics and Robotics” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyundagi 22-0183/22-sonli ma’lumotnoma) va bilingval ta’lim asosida ingliz tilini o‘qitish metodikasini rivojlantirish modeli amaliy yondashuvlari takomillashgan;
bilingval muhitda ingliz tilini o‘qitish metodikasi talabaning dialogik va refleksiv faolligini oshiruvchi raqamli kommunikativ muhit, multimodal o‘quv resurslar va ta’limiy texnologiyalar integratsiyasiga ko‘ra madaniy-konseptual kontekstda fikrlash hamda nutqiy faoliyatni yuritish malakalarini sinxron rivojlantirishning kognitiv-kommunikativ asosga oid takliflar “Upwork English in Mechatronics and Robotics” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyundagi 22-0183/22-sonli ma’lumotnoma). Natijada, bilingval muhitda ingliz tilini o‘qitish metodikasi zamonaviy metodlar va ta’lim shakllari tahlil qilingan; 
o‘quv jarayonida ingliz tilini o‘qitish metodikasini rivojlantirish samaradorligi muloqotga kirishishda lingvistik aniqlik va nutqiy-semantik barqarorlik talablariga ko‘ra til birliklarining semantik xarakteri, ma’no tarmoqlari va pedagogik diskurs elementlari o‘rtasidagi funksional-stilistik muvofiqlikni o‘quv materiali konseptual birliklarining kognitiv izchilligi asosida belgilash orqali takomillashtirishga oid takliflar “Upwork English in Mechatronics and Robotics” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 30-iyundagi 22-0183/22-sonli ma’lumotnoma). Natijada, o‘quv jarayonida ingliz tilini o‘qitish metodikasini rivojlantirish samaradorligi bilingval mobil ilovalar, interaktiv platformalardan foydalanish imkoni oshgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish