Ibraximova Iroda Bobir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p tilli o‘zbek talabalarida lisoniy identiklikning sotsiolingvistik aspekti”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5191.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01. 
Rasmiy opponentlar:  Hamroeva Shaxlo Mirdjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ko‘p tilli o‘zbek talabalarida lisoniy identiklikning sotsiolingvistik aspektini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lisoniy identiklik tushunchasining nazariy-metodologik asoslarini psixosotsial, sotsiomadaniy va posstruktural yondashuvlarning integratsiyasiga tayangan holda ko‘p nazariyali yondashuv asosida tizimli tahlil qilish orqali ko‘p tilli shaxs lisoniy identikligining shakllanishi tilni idrok etish, ma’lum til jamiyatiga nisbatan tegishlilik hissi, til bilan bog‘liq emotsional tajribalar va muloqot kontekstiga ko‘ra til tanlash jarayonlari bilan belgilanuvchi dinamik va murakkab hodisa ekanligi dalillangan;
ko‘p tilli shaxslar lisoniy identikligining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni sotsiolingvistik, psixologik, ta’limiy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy, globallashuv va texnologik jarayonlarni qamrab oluvchi makro darajadagi hamda shaxsning individual til tajribasi, ijtimoiy mavqei, madaniy mansublik hissi, emotsional munosabati, kasb, yashash muhiti, yosh va etnik kelib chiqishga asoslangan mikro darajadagi omillar sifatida tizimli tasniflash orqali ularning o‘zaro funksional bog‘liqligi shaxsning lisoniy identikligini kommunikativ vaziyatlarda namoyon bo‘lishining o‘zgaruvchan va kontekstga bog‘liq tabiatini belgilovchi asosiy mexanizm ekanligi ilk bor kompleks tahlil asosida ilmiy asoslangan;
O‘zbekistonda keng qo‘llanishda bo‘lgan tillarning hududlar miqyosida faolligi, ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi funksional yuklamasi, til siyosatining ushbu tillar faolligi va ijtimoiy mavqeiga ta’siri kabi jihatlari asosida O‘zbekistonning ko‘p tilli muhitidagi o‘zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman va ingliz tillarining sotsiolingvistik dinamikasi statistik tahlil usuli orqali aniqlangan;
empirik tadqiqot doirasida qo‘llanilgan metodologik yondashuvlar asosida ko‘p tilli o‘zbek talabalarining lisoniy identikligining shakllanishi, ularning o‘zini lisoniy identifikatsiya qilish mezonlari, turli muloqot kontekstlarida til tanlashning funksional mexanizmlari, kodlar aralashuvi, ko‘p tillilik darajasi, tillarga nisbatan emotsional assotsiatsiyalari hamda lisoniy identiklik va madaniy-ijtimoiy omillar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonlari singari ko‘p tilli o‘zbek talabalari lisoniy identikligining sotsiolingvistik jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘p tilli o‘zbek talabalari lisoniy identikligining sotsiolingvistik aspekti tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
lisoniy identiklik tushunchasining nazariy va metodologik asoslari, ko‘p tillilik sharoitida uning shakllanish xususiyatlariga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023-yillarda bajarilgan Ref: 608413-EPP-1-2019-1-NO-EPPKA2-CBY-ACPALA raqamli “Erasmus+ “Gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olishda imkoniyatlarni kengaytirish yo‘llari” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 31-yanvardagi №4/1-385-sonli ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalaridan loyiha doirasidagi trening va seminar dasturlarini ishlab chiqishda, ko‘p tilli talabalarning lisoniy identiklik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim materiallarini tayyorlashda foydalanilgan; 
lisoniy identiklik shakllanishiga ta’sir etuvchi mikro va makro darajadagi omillar, ushbu omillarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi va O‘zbekiston sharoitida shaxs lisoniy identikligiga qanday ta’sir ko‘rsatishiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023-yillarda bajarilgan Ref: 608413-EPP-1-2019-1-NO-EPPKA2-CBY-ACPALA raqamli “Erasmus+ “Gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olishda imkoniyatlarni kengaytirish yo‘llari” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 31-yanvardagi №4/1-385-sonli ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy identiklik va gender stereotiplari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish orqali, gender tengligini ta’minlashga xizmat qiluvchi kommunikativ strategiyalarni shakllantirishda tadqiqot natijalari ilmiy asos sifatida qo‘llanilgan. Ko‘p tilli muhitda yoshlarning o‘z fikrlarini gender tengligi kontekstida erkin va aniq ifodalash qobiliyatini oshirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqishda istifoda etilgan;
O‘zbekistondagi lisoniy vaziyat va til siyosatining statistik tahlillari natijasida ochib berilgan o‘zbek, rus, ingliz, tojik, qozoq va boshqa tillarning sotsiolingvistik dinamikasi ma’lumotlari, shuningdek, tadqiqotning amaliy qismi sifatida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari misolida empirik tadqiqot olib borish asnosida ko‘p tilli o‘zbek talabalari lisoniy identikligining aniqlangan sotsiolingvistik jihatlari bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan IL-662204405 sonli “Ekperimental fonetik laborotoriya yaratish (xorijiy til misolida)” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 11-yanvardagi 04-01/85-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy tillarni o‘rganuvchi ko‘p tilli talabalarning lisoniy identikligiga oid qator masalalarning ahamiyatini o‘rganish va tahlil qilish, ular nutqidagi kodlar aralashuvi jarayonlarini va ularning fonetik jihatlarini ilmiy kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish