Maxanova Feruza Mamarajabovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maqsud Shayxzoda she’riyati tili sinonimlarning lingvopoetikasi” 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5466
Ilmiy rahbar: Bobojanov Sharipboy Xudoshukurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Xo‘jamurod Jabborov; filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sharipboy Bobojanov Xudoshurivech
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Maqsud Shayxzoda she’riyatidagi sinonimlarning lingvopoetik xususiyatlarini aniqlashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Maqsud Shayxzoda she’riyatidagi sinonimlarning semantik maydoni tizimli ravishda tahlil qilinib, ularning leksik-semantik xususiyatlari, ma’noviy differensiatsiya darajalari va semantik komponentlarining o‘ziga xos taqsimoti, sinonimlarning badiiy ifoda vositasi sifatidagi funksiyalari dalillandi;
shoir ijodida sinonimlarning individual qo‘llanilish xususiyatlari – dominant sinonimlardan chekinish, passiv leksik qatlamga mansub so‘zlardan foydalanish, okkazional sinonimlar yaratish kabi jihatlar, shoirning sinonimlarni tanlashdagi mahorati – kontekstga mos kelish, semantik nozikliklarni ifodalash, emotsional gradatsiya yaratish prinsiplarida namoyon bo‘lishi, sinonimlar yordamida qahramonlarning psixologik holatini, ichki monologlarini, ruhiy transformatsiyalarini ifodalash usullarining ko‘p bosqichli mexanizmi ochib berildi;
sinonimlarning ma’noviy funksiyalari – denotativ, konnotativ va assotsiativ ma’no qatlamlarining o‘zaro ta’siri, stilistik funksiyalari – uslubiy differensiatsiya, register tanlash, badiiy kolorit yaratish kabi jihatlari; kontekstual sinonimlarning yuzaga kelish mexanizmlari, ularning leksik sinonimlardan farqlovchi xususiyatlari va badiiy tasvirni boyitishdagi o‘ziga xos imkoniyatlari tahlil qilindi;
sinonimlarning obrazlilik yaratishdagi mexanizmlari – konkretdan mavhumga, mavhumdan konkretga o‘tish, sinesteziya, antropomorfizm kabi usullar orqali badiiy tasvirni kuchaytirish imkoniyatlari; emotsionallik va ekspressivlik yaratishda gradual taqsimoti, emotsional kuchayish va susayish effektlari, psixologik ta’sir hamda badiiy obraz xarakterini yoritishda, madaniy qadriyatlarni aks ettirishda milliy til boyligini saqlash va rivojlantirish funksiyalari, lingvokulturologik ma’nolarni ifodalash imkoniyatlari ochib berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maqsud Shayxzoda she’riyati tili sinonimlarining lingvopoetikasi tadqiq etilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Maqsud Shayxzoda she’riyatida qo‘llanilgan so‘z va iboralarning semantik maydoni, ularning badiiy ifoda vositasi sifatida qo‘llanilishi, shuningdek, she’rlarning estetik ta’sirini shakllantirishdagi sintaktik qurilmalarning o‘rni va ularning badiiy asar yaratishdagi ahamiyati ochib berilganligiga oid xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida f.f.d., professor L.Raupova rahbarligida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 21-dekabrdagi 01-4052-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilining ta’limiy korpusi yaratish loyihasida Maqsud Shayxzoda she’riyatining leksik-semantik xususiyatlari va sinonimlarning lingvopoetik funksiyalari bo‘yicha to‘plangan materiallar korpusning she’riy matn qismi uchun muhim lingvistik ma’lumotlar bazasini tashkil etdi, bu esa korpusda badiiy nutqning o‘ziga xos xususiyatlari, she’riy tilning semantik maydonlari va sinonimik munosabatlarning namoyish etilishini ta’minladi.
Maqsud Shayxzoda ijodining sinonimik qatorlardan foydalanishning individual xususiyatlari aniqlanib, ulardan o‘ta mahorat bilan foydalanishi, ular yordamida ma’noning nozik qirralarini ochib berishi, qahramonlarning his-tuyg‘ularini va ichki kechinmalarini ifodalashi, badiiy obrazlarni yaratishi va she’rlarining ta’sirchanligini oshirishi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan 2022-2024-yillarda “O‘zbekiston Davlat Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 5-maydagi 1/04-224-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining ko‘p tilli lug‘atini yaratishda sinonimik qatorlarning semantik xususiyatlari va ma’no nozikliklarini ochib berish prinsiplari qo‘llanildi, bu esa raqs terminologiyasining turli tillardagi muqobillarini topish, milliy-madaniy konnotatsiyalarni saqlash va har bir tilning o‘ziga xos ifoda imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniq va tushunarli tarjimalar yaratish imkonini berdi.
Shayxzoda she’riyatida sinonimlarning ma’no va stilistik funksiyalari, pragmatik talqini va kontekstual sinonimlarning badiiy tasvirni yuzaga keltirishdagi ahamiyati, badiiy tasvirni boyitishdagi o‘rni ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokanali “Fayzli kun” dasturining ssenariysini yozishda foydalanildi hamda “Oltin voha” radiosining 2025-yil 25-martda “Ochiq muloqot” radioeshittirishida efirga uzatildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Qashqadaryo viloyati teleradiokanali” DM 2025-yil 28-martdagi 1705/54-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni qo‘llab-quvvatlash, hayotga tatbiq etish vazifasini bajargan.