Abdusalomov Firuz Abduxoliqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillari harbiy diskursida buyruq maylining sotsiolingvistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5283.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Abduazizova Durdona Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o’zbek tillari harbiy diskursida buyruq maylining sotsiolingvistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy muloqot jarayonida diskurs va matn orasidagi chegara, ijtimoiy-madaniy kontekst, Umumharbiy nizomlarga muvofiq termin va leksemalardan foydalanishda, harbiy komanda berishga oid muammolar va tillararo tafovutlarni muvofiqlashtirish, ishtirokchilar o‘rtasidagi ierarxik munosabatlar sotsiolingvistik moslashuvchan kommunikativ hodisa sifatida komponent va deskriptiv metodlar asosida ilmiy asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillari buyruq maylining qo‘llanilishi, sotsiolingvistik belgilari, harbiy va ilmiy-texnik terminlarning izchillik, aniqlik, mantiqiylik, imperativlik, monosemiya, qat’iylik, stilistik betaraflik kabi xususiyatlari, qisqartmalar va shartli belgilar tizimidan keng foydalanilishi, ularning harbiy diskursdagi roli, nutqning rasmiy va chegaralangan shakllari kabi ko‘rsatkichlari kontekstual hamda kod-almashinuvi usullari asosida dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillari harbiy diskursida buyruqni ifodalashga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan intralingvistik (metaforik mazmuni, metonimiya, emotsional ohangdorlik orqali jangovar ruh, intizom va samaradorlikni kuchaytirish, tezkor fikrlash) va ekstralingvistik omillar (kontekst, lingvistik konvensiyalar, kognitiv imkoniyatlar, tilning madaniy-tarixiy ildizlari va ijtimoiy-madaniy omillar, harakatga undovchi funksiyasi) stilistik variatsiya negizida isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillardagi buyruq maylining sof buyruq, buyruq-iltimos, buyruq-chaqiriq kabi ma’noviy ko‘rinishlari, shuningdek, ularning harbiy muloqot doirasida samarali qo‘llanishga doir mexanizmlarining illokutiv kuch va perlokutiv ta’sir nutq akti asosida shakllanishi nutqdagi pragmatik funksiyalarni aks ettiruvchi usullar orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o’zbek tillari harbiy diskursida buyruq maylining sotsiolingvistik xususiyatlari tadqiqi jarayonida olingan natijalar asosida:
harbiy muloqot jarayonida diskurs va matn orasidagi chegara, ijtimoiy-madaniy kontekst, Umumharbiy nizomlarga muvofiq termin va leksemalardan foydalanishda, harbiy komanda berishga oid muammolar va tillararo tafovutlarni muvofiqlashtirish, ishtirokchilar o‘rtasidagi ierarxik munosabatlar sotsiolingvistik moslashuvchan kommunikativ hodisa sifatida komponent va deskriptiv metodlar asosida ilmiy asoslanganligiga oid taklif va mulohazalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 5-oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkil etish, malaka toifasi hamda reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 555-son buyrug‘ining
1-ilovasi 3-bobi, 6 va 16-bandlarini hamda 5-bob 33-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2025-yil
25-apreldagi 2/2063-son dalolatnomasi). Natijada harbiy va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarning asosiy yo‘nalishlari tarkibiga umumharbiy nizomlar, saf tayyorgarligi va maxsus taktik tayyorgarlik kabilarni kiritish lozimligi hamda harbiy buyruqlarga oid leksik birliklarning tarjimalari tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning xizmat faoliyatida samarali qo‘llanmoqda;
ingliz va o‘zbek tillari buyruq maylining qo‘llanilishi, sotsiolingvistik belgilari, harbiy va ilmiy-texnik terminlarning izchillik, aniqlik, mantiqiylik, imperativlik, monosemiya, qat’iylik, stilistik betaraflik kabi xususiyatlari, qisqartmalar va shartli belgilar tizimidan keng foydalanilishi, ularning harbiy diskursdagi roli, nutqning rasmiy va chegaralangan shakllari kabi ko‘rsatkichlari kontekstual hamda kod-almashinuvi usullari asosida dalillanganligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining “Police and the general public” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 2025-yil
22-martdagi 38/42-21/2-son dalolatnomasi). Natijada harbiy muloqot jarayonida buyruq va komandalarni ifodalashda aniqlik, mantiqiy izchillik, soddalik va talabchanlik tamoyillariga asoslanish, shuningdek, qiyin vaziyatlarda tezkor fikrlash va buyruq berish malakasini shakllantirish, harbiy nutq va amaliy kommunikatsiya jarayonlarini tizimli tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
ingliz va o‘zbek tillari harbiy diskursida buyruqni ifodalashga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan intralingvistik (metaforik mazmuni, metonimiya, emotsional ohangdorlik orqali jangovar ruh, intizom va samaradorlikni kuchaytirish, tezkor fikrlash) va ekstralingvistik omillar (kontekst, lingvistik konvensiyalar, kognitiv imkoniyatlar, tilning madaniy-tarixiy ildizlari va ijtimoiy-madaniy omillar, harakatga undovchi funksiyasi) stilistik variatsiya negizida isbotlanganligiga oid ilmiy-amaliy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi ta’lim kursantlari uchun “Ingliz tili” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 2025-yil 22-martdagi 38/42-21-son dalolatnomasi). Natijada “Police and the general public” (Unit 19), “The primary missions of uniform police” (Unit 23) va boshqa leksik mavzularni yoritish hamda umumharbiy nizomlar va buyruqlarning tarjima ekvivalentlarini tez va oson o‘zlashtirilishiga erishilgan;
qiyoslanayotgan tillardagi buyruq maylining sof buyruq, buyruq-iltimos, buyruq-chaqiriq kabi ma’noviy ko‘rinishlari, shuningdek, ularning harbiy muloqot doirasida samarali qo‘llanishga doir mexanizmlarining illokutiv kuch va perlokutiv ta’sir nutq akti asosida shakllanishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2025-yil 5-iyuldagi 3/22-1761-son dalolatnomasi). Natijada harbiy xizmatchilarning saf amaliyoti, real xizmat sharoitlarida tezkor fikrlash, buyruq berish madaniyatini rivojlantirish, harbiy muloqot jarayonini soddalashtirish va standartlashtirish imkoniyati yaratilgan.