Alhamova Shoxinaxon Anvarjon qizning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilidagi o‘lchov birliklari leksikasining struktura-semantik tadqiqi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, filologiya fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6097.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ganieva Dildoroxon Azizovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09.
Rasmiy opponentlar: Dustboeva Nargiza Turg‘unpulatovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ibragimova Gul`chexra Madamindjanovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliyotga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilidagi o‘lchov birliklari leksikasiga xos struktura, etimologik, semantik jihatlarni tahlil qilish orqali ushbu leksemalarning mazmunliy, lingvomadaniy va konnotativ xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘lchovga oid ilk leksik birliklar inson tanasi a’zolari nomlari yordamida yasalib, antropotsentrlik xususiyatga ega bo‘lganligi, ingliz tilidagi foot, yard, pint, step, finger kabi leksemalar inson tanasi a’zosi nomlari bilan bog‘liq holda vujudga kelganligi ingliz tili rivojlanishining ilk, o‘rta va zamonaviy bosqichlarida yozilgan adabiyot namunalari asosida isbotlangan;
ingliz tilidagi o‘lchov birliklari leksikasi gram, dram, cup, gallon, hour, year kabi sodda atamalar, hundredweight, troy ounce, fluid ounce, cubic meter, daytime, fortnight kabi murakkab, milligram, kilogram, megaliter, milliliter, monthly, quarterly kabi affiksatsiya usuli bilan hosil qilingan birliklardan iborat ekanligi mazkur birliklarning struktura va komponent tahlillari orqali aniqlangan;
ingliz tilidagi og‘irlik o‘lchov birliklari fizik vaznni ifoda qilish bilan birga, ilm-fan, savdo, kundalik hayot va badiiy nutqda ham qo‘llanilishi, har xil kontekstlarda bu birliklarning ma’nosi ham o‘zgarishi — a ton of work, a kilogram of kindness, a drop in the ocean, a flood of information kabi iboralar real o‘lchovdan ko‘ra, hissiy va mavhum tushunchalarni ifoda qilishi badiiy adabiyotdan olingan misollar asosida dalillangan;
Og‘irlik o‘lchov birliklariga aloqador metaforalar mas’uliyat va jiddiylik, ehtiyotkorlik va ahamiyatsizlik, miqdorning giperbolik ifodalari sifatida, hissiy va psixologiyaviy og‘irlik ma’nosidagi metaforalarga bo‘linishi, hajm o‘lchov so‘zlari ko‘pincha adabiyotda va ritorikada tasvirni uyg‘otish, hissiyotlarni ta’kidlash yoki mavhum tushunchalarni ifoda qilish uchun qo‘llanilishi, minute so‘zi idiomatiκ va noaniq vaqt ifodaci ma’nosida, hour so‘zi muhim bir voqea, hal qiluvchi fursatni ifoda qilish uchun, year leksemasi esa uzoq davrni hissiy jihatdan tasvirlashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz tilidagi o‘lchov birliklariga oid leksemalarni struktura–semantik tadqiqi asosida:
o‘lchovga oid ilk leksik birliklar inson tanasi a’zolari nomlari yordamida yasalib, antropotsentrlik xususiyatga ega bo‘lganligi, ingliz tilidagi foot, yard, pint, step, finger kabi leksemalar inson tanasi a’zosi nomlari bilan bog‘liq holda vujudga kelganligi ingliz tili rivojlanishining ilk, o‘rta va zamonaviy bosqichlarida yozilgan adabiyot namunalari asosida isbotlanganligi, ingliz tilidagi o‘lchov birliklari leksikasi gram, dram, cup, gallon, hour, year kabi sodda atamalar, hundredweight, troy ounce, fluid ounce, cubic meter, daytime, fortnight kabi murakkab, milligram, kilogram, megaliter, milliliter, monthly, quarterly kabi affiksatsiya usuli bilan hosil qilingan birliklardan iborat ekanligi mazkur birliklarning struktura va komponent tahlillari orqali aniqlanganligi bo‘yicha xulosalardan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi 2021–2025 yillarda faoliyat olib borgan “Mindonobod Satellite Access Microsholarship Program” S–UZ800–21–GR–3126 xalqaro amaliyot loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona tumani xalq ta’limi bo‘limi 62–o‘rta ta’lim maktabi 2025–yil 27–martdagi 7–son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur materiallar bilan loyihaning ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan;
ingliz tilidagi og‘irlik o‘lchov birliklari fizik vaznni ifoda qilish bilan birga, ilm-fan, savdo, kundalik hayot va badiiy nutqda ham qo‘llanilishi, har xil kontekstlarda bu birliklarning ma’nosi ham o‘zgarishi — a ton of work, a kilogram of kindness, a drop in the ocean, a flood of information kabi iboralar real o‘lchovdan ko‘ra, hissiy va mavhum tushunchalarni ifoda qilishi badiiy adabiyotdan olingan misollar asosida dalillanganligi natijasida olingan ilmiy xulosa va natijalardan 2021–2023 yillar mobaynida “Musika va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv–metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3–2019081773–raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha–ruscha–inglizcha–nemischa qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025–yil 2–maydagi 1/04–223–son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu lug‘atning ilmiy–nazariy tomonlari yanada takomillashgan;
og‘irlik o‘lchov birliklariga aloqador metaforalar mas’uliyat va jiddiylik, ehtiyotkorlik va ahamiyatsizlik, miqdorning giperbolik ifodalari sifatida, hissiy va psixologiyaviy og‘irlik ma’nosidagi metaforalarga bo‘linishi, hajm o‘lchov so‘zlari ko‘pincha adabiyotda va ritorikada tasvirni uyg‘otish, hissiyotlarni ta’kidlash yoki mavhum tushunchalarni ifoda qilish uchun qo‘llanilishi, minute so‘zi idiomatiκ va noaniq vaqt ifodaci ma’nosida, hour so‘zi muhim bir voqea, hal qiluvchi fursatni ifoda qilish uchun, year leksemasi esa uzoq davrni hissiy jihatdan tasvirlashi asoslanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan 2023–2024 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanildi va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2025–yil 2–maydagi 26–36–980–son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv dasturlari uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi ortib, mazmunan mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan to‘ldirilgan. Natijada ko‘rsatuvning mavzusi geografiyasi kengayishiga, materiallarning ta’sirchanligi ortib, yangi ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan.