Nuritdinova Rayxona Numonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy chegaralangan leksik birliklar tadqiqi (jinoyat argosi misolida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B.2023.2.PhD/Fil3289.
Ilmiy rahbar: Mamajonov Muxammadjon Yusubjonovich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Madrahimov Ilhomjon Sobirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Xurmatillo Ismoilov, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligida sotsiolingvistikaga oid tadqiqotlarni olib borish, jinoyat olamiga tegishli bo‘lgan birliklar bo‘yicha tadqiqotlarni o‘rganish hamda o‘zbek tilining jinoiyat argosi xususiyatlarini ochib berish, argo tili/nutqining hosil bo‘lish sistemasi hamda o‘ziga xosliklarini aniqlash va ifoda shakliga ko‘ra turlarini tasniflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ijtimoiy chegaralangan leksik birliklarni o‘rganishning nazariy masalalari til va nutq sistemasida tutgan o‘rni aniqlandi; tilda yuzaga keladigan farqlar mavjudligini inobatga olgan holda jamiyat tilining adabiy tildan farqlanishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy omillar til evolyusiyasida katta o‘rin egallashi ilmiy ravishda ochib berildi: ijtimoiy omil sifatida 1)ichki omil sifatida inson yoshi, mavqei, madaniyati, millati, ta’lim darajasi, yashash muhiti; 2) tashqi omil sifatida esa muloqot shart-sharoitlari, so‘zlovchi hamda tinglovchi o‘rtasidagi munosabatlar asos qilib olingan;jinoyatchilar nutqining fonetik, leksik-semantik, morfologik hamda sintaktik xususiyatlari sotsiolingvistik jihatdan tahlil qilinib, ularning ilmiy asosi amaliy misollar orqali yoritildi; tilga ta’sir etuvchi birliklar til tizimining barqarorligini saqlagan holda, uning ichki mohiyatini to‘liq izdan chiqarmasdan, asta-sekinlik bilan rivojlanish dinamikasida faol ishtirok etishi holati til sathlari kesimida aniqlab berildi;
zamonaviy yo‘nalishlar tahlili jarayonida argo va unga yaqin tushunchalar – jargon hamda slenglar sinxron va diaxron aspektlarda tahlil qilinib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan hamda uch tushuncha bir-biridan farqlangan (argo, sleng va jargon); o‘zbek tilidagi jinoyatchilar tili/nutqiga xos bo‘lgan birliklar sotsiolekt sifatida qaralib, “jinoyat argosi” degan atama ostida birlashtirilgan: verbal hamda noverbal shakldagi argolar tasnif qilingan; o‘zbek tilida argolar nafaqat jinoyatchilar nutqida, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar muloqotida, internet kommunikatsiyasi va badiiy asarlar tilida o‘ziga xos funksiyalarni bajarishi aniqlangan; jinoyat leksikasining so‘zlashuv, badiiy va boshqa uslublardagi o‘rni belgilangan;
jinoyat argosining hosil bo‘lish tizimi ham boshqa so‘z qatlamlari singari yangi tushunchani nomlash zarurati natijasida shakllanib borishi aniqlangan; adabiy tilning boyish manbalaridan farqli ravishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan; argo leksikasining boyib borishi ikki manba – ichki va tashqi manbalar asosida kechishi misollar orqali yoritilgan; jinoyat argosi axborot uzatish, almashish, emotivlikni bildirish vazifalarini bajarishi hamda ma’lumotlarning ongda assotsiatsiyalanishi natijasida belgi mohiyatining tabulashuvi, sirli tutilishini dalillangan;
sirli guruh tili/nutqining hosil bo‘lishi hamda uning ijtimoiylashuvini yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi an’analar mavjudligini o‘g‘rilar tomonidan namoyish etish – jinoyat tilining yuzaga chiqishidagi ijtimoiy-psixologik sabab sifatida ko‘rsatilgan hamda verbal hamda noverbal shakllari tasnif qilingan; argolar tarkibiga nolisoniy vosita sifatida tatuirovkalar esa shunchaki tasvir emas, balki muayyan ijtimoiy guruh uchun mavjud axborot shakli sanalishi ko‘rsatilgan hamda noverbal muloqot tizimini hosil qilishi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
ijtimoiy chegaralangan leksik birliklarni o‘rganishning nazariy masalalari til va nutq sistemasida tutgan o‘rnini aniqlash, tilda yuzaga keladigan farqlar mavjudligini inobatga olgan holda jamiyat tilining adabiy tildan farqlanishiga sabab bo‘luvchi ijtimoiy omillar til evolyusiyasida katta o‘rin egallashi, jinoyatchilar nutqining fonetik, leksik-semantik, morfologik hamda sintaktik xususiyatlari sotsiolingvistik jihatdan yoritilishi, tilga ta’sir etuvchi birliklar til tizimining barqarorligini saqlagan holda, uning ichki mohiyatini to‘liq izdan chiqarmasdan, asta-sekinlik bilan rivojlanish dinamikasida faol ishtirok etishi holati til sathlari kesimida aniqlanishiga oid xulosalardan 2022–2023 yillarga mo‘ljallangan AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etish ilmiy-amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (04/9265-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi til inson tafakkur faoliyatining mexanizmi, quroli ekanligi, uning ijtimoiy mavqei va ma’naviy dunyosi tarkibiy qismi sifatida qaralishi haqidagi o‘rinlarning mukammallashuviga erishilgan;
zamonaviy yo‘nalishlar tadqiqi jarayonida argo va unga yaqin tushunchalar – jargon hamda slenglar sinxron va diaxron aspektlarda tahlil qilinib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan hamda uch tushuncha bir-biridan farqlanishi, o‘zbek tilidagi jinoyatchilar tili/nutqiga xos bo‘lgan birliklar sotsiolekt sifatida qaralib, “jinoyat argosi” degan atama ostida birlashtirilishi, o‘zbek tilida argolar nafaqat jinoyatchilar nutqida, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar muloqotida, internet kommunikatsiyasi va badiiy asarlar tilida o‘ziga xos funksiyalarni bajarishi, jinoyat leksikasining so‘zlashuv, badiiy va boshqa uslublardagi o‘rni belgilanishiga oid tavsiyalardan FZ-2019081663 raqamli ilmiy–amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023 yil 12 iyundagi 1/04-51–son ma’lumotnomasi). Natijada substandartlar leksikasiga oid ma’lumotlar asosida loyiha doirasida yaratilgan to‘plamning mukammallashuviga erishilgan;
jinoyat argosining hosil bo‘lish tizimi ham boshqa so‘z qatlamlari singari yangi tushunchani nomlash zarurati natijasida shakllanib borishi, adabiy tilning boyish manbalaridan farqli ravishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi, argo leksikasining boyib borishi ikki manba – ichki va tashqi manbalar asosida kechishi, ma’lumotlarning ongda assotsiatsiyalanishi natijasida belgi mohiyatining tabulashuvi, sirli tutilishini dalillangan xulosalardan Respublika Tojik milliy-madaniy markazi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi tomonidan 2022 yil 20 iyundan 20 dekabrgacha amalga oshirilgan “Do‘stlik – osoyishtalik garovi” mavzusidagi 1 raqamli davlat granti loyihasini bajarishda foydalanilgan (Respublika Tojik milliy-madaniy markazi Farg‘ona viloyati bo‘linmasining 2023 yil 8 noyabrdagi 53 son ma’lumotnomasi). Natijada jinoyat argosi o‘ziga xos ko‘chma va yashirin ma’noni ta’minlovchi vosita sifatida nutqning jozibadorligi va ta’sirchanligini oshirish haqidagi tahlillar loyiha mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan boyitgan.