Xolboeva Iroda Shuxrat qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “O‘zbek va ingliz tillarida somatik komponentli proverbial frazeologizmlarning chog‘ishtirma tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2025.1.PhD/Fil5817.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatalieva Navbahor Xo‘jamberdievna, filologiya fanlari doktori(DSc), dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, PhD.03/24.09.2025.Fil.197.01.
Rasmiy opponentlar: Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor, Jabborov Sherzod Xalikulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi somatik komponentli proverbial frazeologizmlarning semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari ularning insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligi va semantik-struktur mohiyati har ikkala xalq tarixi, milliy mentaliteti, moddiy hamda ma’naviy madaniyati, an’anaviy xo‘jaligi, ijtimoiy kundalik turmush tarzi, qadriyati hamda diniy e’tiqodi, maishiy hayoti va aloqalari, milliy tuyg‘ulari, urf-odatlari, mamlakatlarning geografik joylashuvi kabi omillar ta’sirida shakllanganligi dalillangan;
qiyoslanayotgan tillardagi proverbial frazeologizmlarning muqobillari hisoblangan monoekvivalentlik, poliekvivalentlik, ma’noviy ekvivalentlik, ekvivalensiz frazeologik birliklar kabi turlari gap yoki fikr tema va remasini belgilashda (ingliz tilidagi to know the way the wind blows (shamol qaysi yo‘ldan esishini bilmoq), o‘zbek tilidagi yulduzni benarvon uradigan kabi frazeologik birliklarning farqli jihatlari aniqlangan bo‘lsa, ingliz tilidagi to have smth at one’s finger ends (biror narsani barmog‘ining oxirida deb bilmoq), o‘zbek tilidagi besh qo‘lday bilmoq kabi o‘xshash tomonlari namoyon bo‘lishi aniqlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi somatik komponentli frazeologik birliklar semantik valentligiga qarab aniqlovchi tanlashda ularning konnotativ va denotativ ma’nolari birlamchi, ma’nodagi kuchlilik-kuchsizlik, ijobiylik-salbiylik, uslubiy xoslanganlik, darajalanish, tarixiylik omillarining ikkilamchi ahamiyati asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi somatik komponentli proverbial frazeologizmlar vositasida inson tashqi va ichki obrazlarini bolalik, qarilik, sog‘lik, o‘lim, boylik, kambag‘allik, oilaviy munosabatlar kabi ideografik guruhlar asosida ochib berish orqali lingvomadaniy o‘ziga xos somatik frazeologizmlarning kundalik turmush tarzi, an’ana va marosimlar, milliy mentaliteti, an’anaviy xo‘jaligi, ijtimoiy kundalik turmush tarzi, qadriyati hamda diniy e’tiqodi negizida shakllanganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida somatik komponentli proverbial frazeologizmlarning semantik va lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
qiyosiy adabiyotshunoslik va chog‘ishtirma tilshunoslik sohalariga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim tizimi jarayonini namunali tashkil etish va mustahkamlashda Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 28-aprel № 01/4-1707-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz tillaridagi somatik komponentli frazemalarning semantikasi, ularning lingvomadaniy tahlili asosida zamonaviy leksikologiyaga doir muammolarning echimini topishning yangi yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazemalarning lingvomadaniy xususiyatlari va semantik mohiyati har ikkala xalq tarixi va milliy mentaliteti, moddiy va ma’naviy madaniyati, an’anaviy xo‘jaligi, ijtimoiy va kundalik turmush tarzi, qadriyati va diniy e’tiqodi, maishiy hayoti va aloqalari, milliy tuyg‘ulari, urf-odatlari, mamlakatlarning geografik joylashuvi kabi omillar ta’sirida shakllanganligi va ular insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligiga oid nazariy xulosalardan Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 12-aprel № 01/4-1362-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy izlanuvchilarga, talabalarga o‘zbek va ingliz xalqlarining an’analari, urf-odatlari, turmush tarzini qiyoslash imkoni paydo bo‘lgan, ma’naviy qadriyatlar tizimida alohida o‘rin egallagan bayram, o‘yin, marosimlar, xalq og‘zaki ijodi haqidagi matnlar bo‘yicha lingvokulturologiya, etnolingvistika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hajmi ko‘paygani haqida xorijiy til professor-o‘qituvchilari va talabalarga ma’lumot berilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi proverbial frazemalarining farqli va o‘xshash tomonlari aniqlanib, ularning xalq madaniyati bilan bog‘liq darajasini solishtirib o‘rganish to‘g‘risidagi mulohaza, xulosa va natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali”ning “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun”, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali”ning 2025-yil 7-aprel №05-09-431-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy izlanuvchilarga, talabalarga ingliz va o‘zbek xalqlarining an’analari, urf-odatlari, turmush tarzini qiyoslash imkoni paydo bo‘lgan, ma’naviy qadriyatlar tizimida alohida o‘rin egallagan bayram, o‘yin, marosimlar, xalq og‘zaki ijodi haqidagi matnlar bo‘yicha lingvokulturologiya, etnolingvistika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar hajmi ko‘paygani haqida xorijiy til professor-o‘qituvchilari va talabalarga ma’lumot berilgan.