Xusaynova Munisaxon Yaxshibekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) sohasiga oid terminlarning leksik-semantik tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.PhD/Fil3916.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Saidxonov Ma’mirjon Muxammedovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Qosimova Madina Zaynobidinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi tabiiy tolalarga dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) sohasiga oid terminlarni leksik-semantik tahlil qilish, ushbu soha terminologiyasidagi lingvistik, tipologik va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) sohasiga oid o‘zbek va ingliz tillaridagi terminlarning tarixiy kelib chiqishi, tarixiy tadriji, shakllanish bosqichlari hamda morfologik, sintaktik, funksional-struktur xususiyatlari ko‘rsatilib, ma’no va vazifasi jihatidan oʻxshash bo‘lgan paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari ochib berilgan;
tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) sohasi terminlarning etnologik tahlili natijasida o‘zlashma so‘zlarning milliy ekvivalentini yaratish, soha terminlarining struktur tahlili orqali til sathini boyitishi dalillangan;
tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) sohasiga oid terminlarning variantlilik leksik xususiyatlari belgilanib, ikkilamchi nominatsiya sifatida ishlatilganda terminlik xususiyatlarini yo‘qotishi hamda ma’no ko‘chish xusiyatiga ega bo‘lishi aniqlangan;
Sohaga oid o‘zbek va ingliz tillaridagi terminlar paramiyalarida aks etishida paxta leksik birligining semantik xususiyatlari yoritilib, tarjimalarda tavsiflash, so‘zma-so‘z, transliteratsiya kabi tarjima usullari ustunlik qilishi tarjima tahlillari asosida isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) sohasiga oid terminlarning leksik-semantik tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) sohasiga oid O‘zbek va ingliz tillaridagi terminlarning tarixiy tadriji, shakllanish bosqichlari va bugungi holati, soha doirasidagi terminologik lug‘atlarning etarli emasligi, mavjudlari esa yangilashga muhtojligi, ingliz va o‘zbek tillaridagi tabiiy tolalarga oid terminlarning leksik-semantik, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari bilan bogʻliq omillarga doir ilmiy xulosa va natijalardan Farg‘ona davlat universitetining 2021-2022-yillar uchun mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universiteti SUZ80021GR3149 “American Drama” xalqaro loyihasida foydalanildi (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 23-apreldagi 04/2244-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihaning nazariy asosi mustahkamlandi;
tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) sohasi terminlarini o‘zbek va ingliz tillari kesimida etnologik tadqiq qilish orqali ikki til leksik qatlamidagi o‘zlashma so‘zlar tahlili natijasida ayrim o‘zlashma so‘zlarni til leksik hazinasidan foydalangan holda milliy ekvivalentini yaratish, ularni zamonaviy terminologik lug‘atlarda talqin etish va bu orqali nutq sathini boyitishga doir taklif-tavsiyalar, xulosalar va ilmiy yangiliklaridan Andijon davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanildi (Andijon davlat universitetining 2023-yil 2-noyabrdagi 39-01-2381-son ma’lumotnomasi). Natijada terminlarning ijtimoiy-madaniy hayotimiz bilan uzviy bog‘liqligiga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitildi;
ingliz va o‘zbek tillarida tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (paxta) sohasiga oid terminlarning ikkilamchi nominatsiya sifatida uchrashi, bunday holda ular termin vazifasida kelmasligi va sohaga oid terminlar tarjimasi jarayonidagi muammolar keng yoritib berililgan ma’lumotlar, materiallar va ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Munosabat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvlarining senariylarini tayyorlashda (2022-2023-yillar davomida) foydalanildi va muallif bilan suhbatlar uyushtirildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 23-oktyabrdagi 04-36-1574-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur eshittirishlarda ko‘p ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining asrlar davomida yaratgan o‘ziga xos badiiy tafakkurining betakror mo‘jizalarini o‘zida mujassamlashtirgan paxta tabiiy tolasi, uning o‘zbek xalqining milliy madaniyatidagi o‘rni, xalqimiz tomonidan e’zozlanib, “oq oltin” deb atalgan paxtaning tarixi keng yoritilgan.