Usmonov G‘iyosiddin Murotjonovichning    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdurauf Fitrat asarlarining xorijda o‘rganilishi, nashri va inglizcha tarjimalarining lingvostilistik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1667.
Ilmiy rahbar: Madrahimov Ilhomjon Sobirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Solijonov Sobirjon Ataxanovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdurauf Fitrat asarlarining xorijda o‘rganilishi va inglizcha tarjimalarini aniqlab, ularda lingvostilistik xususiyatlar va mutarjim mahoratining namoyon bo‘lishini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdurauf Fitrat asarlaridagi falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va maishiy g‘oyalarning umumbashariy me’zonlar asosida jahonga yoyilish omillari, adib asarlarining chet tillarga tarjima qilinish ko‘lami hamda tarjimalardagi obrazlilik va g‘oyaviylikning asliyatdagi holatining saqlanishi, Abdurauf Fitrat asarlari xorijda asosan adabiy hamda siyosiy maqsadlarda o‘rganilganligi xorijlik olimlarning badiiy-publisistik ijodini tahlil qilish orqali ochib berilgan; 
Abdurauf Fitratning xorijda chop etilgan ayrim asarlarining nusxalari, tarjima makoni, davri va til xususiyatlarining tadqiqi doirasida dunyo ilm-fanida jadidchilik harakati va jadid adabiyotiga doir eng yangi ilmiy izlanishlar mazmunan 10 yo‘nalishga bo‘linishi hamda o‘zbek-ingliz adabiyoti va adabiyotshunosligi hamkorligi masalalari ilmiy asoslangan;
Abdurauf Fitrat ijodidan ingliz tiliga o‘girilgan asarlarning janriy tabiati, badiiy tili, ifoda uslubi, tarjimada saqlanishi, badiiy-estetik mazmun hamda obraz yaratish san’atini ifodalovchi lingvostilistik va lingvopoetik xususiyatlar dalillangan;
Fitrat asarlarining inglizcha tarjimalarida so‘zma-so‘z, kalkalash, muqobillik tamoyili asosida so‘z tanlash, lisoniy birliklarni tushirib qoldirish yoki ekvivalentiga almashtirish kabi usullardan foydalanilganligi,  tarixiy va arxaik so‘zlar hamda diniy atamalarning muqobilsiz leksik birlik – realiya sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri transliteratsiya (harfma-harf berish) usulida berilganligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdurauf Fitrat asarlarining xorijda o‘rganilishi, nashri va inglizcha tarjimalari lingvostilistik tadqiqi asosida: 
Abdurauf Fitrat asarlaridagi falsafiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va maishiy g‘oyalarning umumbashariy me’zonlar asosida jahonga yoyilish omillari, adib asarlarining chet tillarga tarjima qilinish ko‘lami hamda tarjimalardagi obrazlilik va g‘oyaviylikning asliyatdagi holatining saqlanishi, Abdurauf Fitrat asarlari xorijda asosan adabiy hamda siyosiy maqsadlarda o‘rganilganligi yuzasidan materiallar va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat  O‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020–2021-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-fevraldagi 04/1-439-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, inson erk va ozodligi uchun intilgan fenomen ijodkor Fitrat g‘oyalarining jahonga yoyilish omillari, xorij mutaxassislarining unga qiziqish darajasi, shu tufayli adib asarlarining chet tillarga tarjima qilinishi, ushbu tarjimalarda adib ijodiga xos obrazlilik, g‘oyaviylikning saqlanishi, so‘z qo‘llash bilan bog‘liq jihatlar ochib berilgan va dunyo ilm-fanida jadidchilik harakati va jadid adabiyotiga doir eng yangi ilmiy izlanishlar mazmunan 10 yo‘nalishga bo‘linishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Abdurauf Fitratning xorijda chop etilgan ayrim asarlarining nusxalari, tarjima makoni, davri va til xususiyatlarining tadqiqi doirasida dunyo ilm-fanida jadidchilik harakati va jadid adabiyotiga doir eng yangi ilmiy izlanishlar mazmunan 10 yo‘nalishga bo‘linishi hamda o‘zbek-ingliz adabiyoti va adabiyotshunosligi hamkorligi masalalariga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 28-dekabrdagi 514/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Abdurauf Fitrat ijodidan ingliz tiliga o‘girilgan asarlarning janriy tabiati, badiiy tili, ifoda uslubi, tarjimada saqlanishi bilan bog‘liq lingvostilistik hamda lingvopoetik xususiyatlar atroflicha dalillangan;
Abdurauf Fitrat ijodidan ingliz tiliga o‘girilgan asarlarning janriy tabiati, badiiy tili, ifoda uslubi, tarjimada saqlanishi, badiiy-estetik mazmun hamda obraz yaratish san’atini ifodalovchi lingvostilistik va lingvopoetik xususiyatlariga doir xulosalardan Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020–2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335 raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 22-yanvardagi 80/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, keltirilgan dalillar, nazariy fikr-mulohazalar o‘zbek-ingliz adabiyoti va adabiyotshunosligi hamkorligi va aloqalari ilmiy tarixini o‘rganish, Abdurauf Fitratning shu kungacha xorijda chop etilgan ayrim asarlarining nusxalari, tarjima makoni va davri, til xususiyatlarini ilmiy asoslarda ko‘rsatib berish, oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetlarida tarjimashunoslik fanlarini o‘qitish, shu fanlar bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va dasturlar tuzish, Abdurauf Fitrat ijodidan ingliz tiliga o‘girilgan asarlarning janriy tabiati, badiiy tili, ifoda uslubining tarjimada saqlanishi bilan bog‘liq lingvostilistik hamda lingvopoetik xususiyatlarni aniqlashga, o‘zbek-ingliz madaniy aloqalari tarixidan ilmiy izlanishlar olib borish borasida tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish