Normatov Azamatbek Abduxalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy fransuz tilida intensivlik kategoriyasini ifodalovchi sifatlarning lingvostilistik xususiyatlari”, 10.00.04 ̶ Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3098.
Ilmiy rahbar: Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Shaxabitdinova Shoxidaxon Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Axrorova Ro‘zixon Usmonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy fransuz tilida sifat intensivlik kategoriyasini ifodalovchi vositalarning lingvostilistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy fransuz tilida sifat intensivlik kategoriyasining miqdor, me’yor, kuch, daraja, obektiv va subektiv-baholash intensivligi, nisbiy va mutlaq darajalar kabi lisoniy xususiyatlari tizimli o‘rganilib, semantik-funksional jihatdan ijobiy/salbiy kuchaytiruvchi formantlarning lingvostilistik ahamiyati ochib berilgan;
fransuz tilida sifatlarning intensivlik kategoriyasini namoyon bo‘lishida leksik va emotsional-ekspressiv vositalar hamda ijobiy/salbiy kuchaytiruvchi formantlarning darajalanish parametrlari ravish + sifat, sifat + sifat, “-ment” ga yakunlanuvchi ravish + sifat struktur va distributiv modellari orqali aniqlangan;
sifat intensivligining aktuallashuvida fransuz tilining og‘zaki va yozma kontekstlarida faol qo‘llanuvchi ravish komponentli frazeologik birliklar hamda leksik takror (reduplikatsiya) hodisasining obrazlilik, emotsional-ekspressivlikni ta’minlashi isbotlangan;
zamonaviy fransuz tilida sifat intensivligi kategoriyasining stilistik xususiyatlari ilmiy (tibbiy, texnik) va publisistik (matbuot, reklama) uslublarda prefiksal birliklar intensivlikning kuchli, suffiksal birliklar esa kuchsiz darajalanish jihatlarini ifodalashi hamda ularning lingvistik kontekstlardagi o‘zaro munosabati orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy taklif, amaliy tavsiya va xulosalari asosida:
dissertatsiyadagi fransuz tilida umumjihatli semantik kategoriya bo‘lgan sifat intensivligi tilning xilma-xil sathlarini qamrab olishi, ijobiy/salbiy kuchaytiruvchi formantlarning o‘zaro leksik va grammatik umumiylik bo‘yicha bog‘lanishi, frazeologik birliklar semantik jihatdan o‘xshash emasligi, sifat intensivligi darajasini ifodalovchi affiksal shakllar eng sermahsul usul sifatida funksional jihatdan sifat intensivligi kategoriyasini ifodalashning vositalari tizimida yetakchi o‘rinni egallashiga doir xulosalardan Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan № IL-402104213 raqamli “O‘zbek tilida elektron lingvistik-ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot doirasidagi grant loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universiteti 2024-yil 20-avgustdagi 39-08-802-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy qo‘llanishda o‘ziga xoslik kasb qiluvchi ayrim til birliklarining tavsifi yanada yorqinlashgan;
zamonaviy fransuz tilida sifat intensivligi kategoriyasining morfologik, leksik, sintaktik, frazeologik sathlarning lisoniy vositalari hamda ushbu birliklarning leksik-stilistik maydonida ifodalanishi kabi xususiyatlari yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalaridan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2024-yil 16-17-may kunlari tashkil etilgan “Frankofon teatr festivali“ doirasida “So‘zlar zavqi” pesasida foydalanilgan. (Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining 2024-yil 20-maydagi ma’lumotnomasi). Natijada ishtirokchilarning fransuz tilida sifatlar intensivligi mohiyatini tushunishga va fransuz tili nutq ifodalanishida intensivlikning lingvostilistik nuqtai nazaridan muloqot qobiliyatlarini oshirishga muvaffaq bo‘lingan;
fransuz tilida narsaning belgisini ifodalash vazifasini bajaruvchi barcha til elementlarining konkret namoyon bo‘lishida miqdor o‘zgarishlariga uchrashi, hamda belgining sifat bilan ifodalangan semantik chegaralari nihoyatda elastik va harakatchan ekanligi haqidagi tahliliy fikrlar va nazariy xulosalaridan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharriyati tomonidan tayyorlangan “Ta'lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli eshittirishlarning 2024-yil yanvar va fevral oylaridagi sonlarida tadqiqot yuzasidan suhbatlar bo‘lib o‘tgan. (“O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 26-fevraldagi O‘z/k-04-36-286-son ma’lumotnomasi). Natijada sifat intensivligi adabiy, badiiy va media tilida keng qo‘llanuvchi, nutqning emotsional-ekspressiv jihatlarini ochib beruvchi muhim manba sifatida tatbiq etilgan.