Sratdinova Gulbaxar Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ingliz, ózbek va qoraqalpoq tillarida engil sanoat va tekstilga oid terminlarning struktur-semantik xususiyatlari va tarjima muammolari» 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2125.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Paluanova Halifa Dariyabaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kidirbaeva Gulmira Qurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Egamnazarova Durdona Shuxratillaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida engil sanoat sohasi terminlarining struktur-semantik va leksikografik tahlilidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi engil sanoat va tekstil sohasiga oid terminlar struktur-semantik yondashuv asosida tizimli ravishda tahlil qilinib, terminlarning morfologik tuzilishi, komponentlari aniqlanib, ularning lingvistik xususiyatlari uch til kesimida qiyoslanib isbotlangan;
engil sanoat va tekstil terminlarining tarjima jarayonida uchraydigan lingvistik muammolar (ekvivalentlik darajalari, kontekstga bog‘liqlik, semantik nomuvofiqlik) aniqlanib, ularning tipologiyasi ishlab chiqilgan;
qoraqalpoq tilida o‘zlashtirilgan engil sanoat va tekstil terminlarining manbalari tahlil qilinib, bu jarayonda ingliz va rus tillarining asosiy ta’siri ko‘rsatilgan, terminlarning moslashuv bosqichlari, ma’nosi hamda fonetik-grammatik tuzilishidagi o‘zgarishlar evolyusiya jarayoni ko‘rib chiqilgan;
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi engil sanoat va tekstil sohasi terminlarining madaniy jihatdan xos terminlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning tarjimasida yuzaga keladigan madaniy semantika va tushunish farqlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillarida engil sanoat va tekstil sohasiga oid terminlarning diaxron,struktur-semantik, morfologik-derivatsion xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi engil sanoat sohasi terminlarining hozirgi bosqichdagi holati, soha terminologiyasining ichki va tashqi omillar hisobiga boyib borish yo‘llari isbotlangan, engil sanoat va tekstil terminologiyasining tarkibiy, morfologik va semantik xususiyatlari uch til kesimida qiyoslanishiga hamda engil sanoat va tekstil terminlarining tarjima jarayonida uchraydigan lingvistik muammolar (ekvivalentlik darajalari, kontekstga bog‘liqlik, semantik nomuvofiqlik) aniqlanib, ularning tipologiyasiga oid ilmiy natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fanlar akademiyasi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining “Qoraqalpoq folkorshunosligi va adabiyotishunosligi tarixini ilmiy o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining FA-F-1-005 son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz o‘zbek va qoraqalpoq tillarida engil sanoat va tekstil terminlarning tarkibiy, morfologik va semantik xususiyatlari o‘rganilishiga erishilgan;
qoraqalpoq tilida o‘zlashtirilgan engil sanoat va tekstil terminlarining manbalari tahlil qilinib, bu jarayonda ingliz va rus tillarining asosiy ta’siri ko‘rsatilgan, terminlarning moslashuv bosqichlari, ma’nosi hamda fonetik-grammatik tuzilishidagi o‘zgarishlar evolyusiya jarayoniga doir ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Tilga e’tibor – elga e’tibor” eshittirishini tayorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2025-yil 11-sentyabr 05-22/514-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlar mazmuni boyitilgan, nazariy va amaliy natijalar keng jamoatchilikka taqdim qilingan;
ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi engil sanoat va tekstil sohasi terminlarining madaniy jihatdan xos terminlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning tarjimasida yuzaga keladigan madaniy semantika va tushunish farqlari haqidagi ilmiy xulosalar va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti faoliyatida qo‘llanilgan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan 2025-yil 16-apreldagi 11-06/5-son -04/415 ma’lumotnomasi). Natijada bu xulosa va takliflar ingliz, o‘zbek va qoraqalpoq tillari engil sanoat va tekstil sohasida qo‘llanilgan terminlarini tarjima qilishda katta yordam berishi alohida qayd etilgan.