Baxriddinova Dildora Oktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida evfemistik frazeologik birliklarning lingvokognitiv tadqiqi”, 10.00.06 –  Qiyosiy  adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD.Fil1610.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdug‘afur Eshonkulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor Ikromxonova Feruza Ikramovna.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik evfemizmlarning lingvokognitiv xususiyatlari va ularning lisonda voqelanishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
evfemistik frazeologik birliklarning milliy, ijtimoiy-tarixiy, madaniy va qadriyatlar asosida shakllanish omillari, evfemizatsiya konseptual tafakkurning mahsuli ekanligi va inson ma’lumotni qayta idrok qilishi, uni ijtimoiy va madaniy me’yorlarda ifodalashi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida evfemizmlar semantik jihatidan “ijobiy va salbiy evfemizmlar”ga ajratilib, mavzular doirasida semantik-grammatik shakllanishiga ko‘ra doimiy evfemizmlar (so‘nggi so‘zlar, oti yo‘q) va davriy evfemizmlar (“temir daftar”, “qizil kitob”)ning u yoki bu xalqning urf-odatlari, madaniy saviyasining darajasi, diniy qarashlari kabi lingvokulturologik belgilariga ko‘ra birlashtiruvchi va farqlovchi xususiyatlari ochib berilgan; 
ingliz va o‘zbek tillaridagi “cleaning operative – tozalik xodimi”, “seasonal emploee – mavsumiy ishchi” kabi kasb – hunarga oid; “to relieve someone of their duties – vazifadan ozod etilmoq”, “modestly priced – ulgurji narx” kabi iqtisodga oid; “lung trouble – o‘pka kasal” kabi kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan;  “mentally challenged – aqliy zaif” kabi ruhiy – jismoniy nuqson bilan bog‘liq bo‘lgan; “to pass away – olamdan o‘tdi”, “to go to heaven – jannati bo‘lmoq” kabi o‘limga aloqador evfemistik frazeologik birliklar chog‘ishtirilib, ularning lingvokognitiv xususiyatlari dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi evfemistik frazeologik birliklar freym, ssenariy, skript va GEShtalt kabi kognitiv modellar asosida yoritib berilgan va evfemistik frazeologik birliklarning noxush xabarni beozorroq, yumshoqroq shaklda etkazish, ifodalash singari universal va milliy o‘ziga xos lingvokognitiv jihatlari aniqlangan. 
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ingliz va o‘zbek tillarida evfimistik frazeologik birliklarning lingvokognitiv tadqiqi” bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
evfemistik frazeologik birliklarning milliy, ijtimoiy-tarixiy, madaniy va qadriyatlar asosida shakllanish omillari, evfemizatsiya konseptual tafakkurning mahsuli ekanligi va inson ma’lumotni qayta idrok qilishi, uni ijtimoiy va madaniy me’yorlarda ifodalashi to‘gʻrisidagi xulosalardan 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Home reading” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 2-avgustdagi 257-son buyrugʻi asosidagi 257-055-son guvohnoma). Natijada darslik frazeologik evfemizmlarning kognitiv xususiyatlari bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan. 
ingliz va o‘zbek tillarida evfemizmlar semantik jihatidan “ijobiy va salbiy evfemizmlar”ga ajratilib, mavzular doirasida semantik-grammatik shakllanishiga ko‘ra doimiy evfemizmlar (so‘nggi so‘zlar, oti yo‘q) va davriy evfemizmlar (“temir daftar”, “qizil kitob”)ning u yoki bu xalqning urf-odatlari, madaniy saviyasining darajasi, diniy qarashlari kabi lingvokulturologik belgilariga ko‘ra birlashtiruvchi va farqlovchi xususiyatlari haqidagi xulosalardan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihada fordalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil                    22-maydagi №04-1467 son maʼlumotnomasi). Natijada loyiha asosida nashr qilingan ishlarning yangi ma’lumotlar, manbalar bilan boyitilishiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi “cleaning operative – tozalik xodimi”, “seasonal emploee – mavsumiy ishchi” kabi kasb – hunarga oid; “to relieve someone of their duties – vazifadan ozod etilmoq”, “modestly priced – ulgurji narx” kabi iqtisodga oid; “lung trouble – o‘pka kasal” kabi kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan;  “mentally challenged – aqliy zaif” kabi ruhiy – jismoniy nuqson bilan bog‘liq bo‘lgan; “to pass away – olamdan o‘tdi”, “to go to heaven – jannati bo‘lmoq” kabi o‘limga aloqador evfemistik frazeologik birliklar chog‘ishtirilib, ularning lingvokognitiv xususiyatlari to‘g‘risidagi xulosalardan 60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat talabalari uchun “Integrated course of Foreign Language Teaching” darsligi mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitet o‘quv-uslubiy kengashining  2024-yil 23-fevraldagi 25-son qarori). Natijada darslikning matn va matn ustidagi mashqlar qismi evfemistik frazeologik birliklar bilan boyitilgan.
ingliz va o‘zbek tillaridagi evfemistik frazeologik birliklar freym, ssenariy, skript va GEShtalt kabi kognitiv modellar asosida yoritib berilgan va evfemistik frazeologik birliklarning noxush xabarni beozorroq, yumshoqroq shaklda etkazish, ifodalash singari universal va milliy o‘ziga xos lingvokognitiv jihatlari to‘gʻrisidagi xulosalardan SUZ-800-21-GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihasida fordalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 22-maydagi №04-1467 son maʼlumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida leksikologiya va frazeologik evfemizmlarning samarali o‘qitilishiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish