Nazarova Gulbahor Pirmanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarjimonlarda genderli yondashuv orqali sotsiolingvistik kompetensiyani shakllantirishning lingvodidaktik asoslari (ingliz tili misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 1167
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
Ilmiy maslahatchi: Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li f.f.d. (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti.  PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09 
Rasmiy opponentlar: p.f.d. (DSc), professor Sabirova G.S., p.f.d. (DSc), professor Qo‘ldoshev R.A., p.f.d. (DSc), dotsent Kushieva N.X. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarjimonlarda genderli yondashuvga oid sotsiolingvistik kompetensiyani shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quuidagilardan iborat:
genderga oid farqlilikning til va muloqotga ta’siri lingvistika, sotsiolingvistika, psevdolingvistika, antropologiya hamda dialektologiya sohalari olib borilgan uch bosqichli tadqiqotlar tarixi til va gender o‘zaro munosabatiga doir nazariy qarashlarning “defisit”, “dominantlik”, “farq”, “diskursiv”, “affectiv”, “fasilitativ”, “referensial” kabi nutq modellari negizida asoslanishi ochib berilgan;
sotsiolingvistik kompetensiya bo‘lajak tarjimonlarning asosiy malaka talabi va majburiy kasbiy qobiliyati sifatida e’tirof etilib, uning lingvistik, ekstralingvistik, transfer, professional, psixofiziologik hamda strategik subkompetensiyalar tizimidagi o‘rni tarjimonlik faoliyatining muhim komponenti sifatida asoslanib, gender farqlilikka oid sotsiolingvistik kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida ijtimoiy-madaniy, psixologik, ta’lim va til muhiti, lingvistik omillar, ommaviy axborot vositalari hamda internetning roli ustivorligi asoslangan; 
 gender kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv modelining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslanib, eksperimental guruhda sotsiolingvistik bilimlar, xususan gender sezuvchanlikning sezilarli darajada oshgani statistik va grafik tahlillar orqali o‘rganilib, gender stereotiplari, neytral til birliklari va madaniyatga xos nutq uslublarini o‘rganishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak tarjimonlarda gender farqlilikka oid sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirish modeli ishlab chiqilib, tarjimonlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari, xususan “Tarjimada madaniyatlararo muloqot” va “Amaliy tarjima” fanlari mazmunida gender farqlilikka oid sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan mavzular tizimi ishlab chiqilgan hamda ularning dasturiy-metodik ta’minoti  takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarjimonlarda gender farqlilikka oid sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan model genderga oid tilda qo‘llaniladigan uslublarni kontrastiv tahlil qilish, gender kontekstida rolli o‘yinlar, gender jihatdan xolis tilga tarjima mashqlari, korpus asosida genderga oid nutqni tahlil qilish, ommaviy axborot vositalari matnlarini tanqidiy diskurs tahlili (Critical Discourse Analysis) asosida o‘rganish, pragmatik qiyosiy mashqlarni amalga oshirishni o‘z ichiga olgan olti komponentli metod va topshiriqlar tizimi asosida ishlab chiqilib, uning samaradorligi matematik-statistik tahlillar asosida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarjimonlarni tayyorlash jarayonida gender yondashuvga oid sotsiolingvistik kompetensiyasini shakllantirish metodologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
genderga oid farqlilikning til va muloqotga ta’siri lingvistika, sotsiolingvistika, psevdolingvistika, antropologiya hamda dialektologiya doirasida olib borilgan  tadqiqotlar tarixi til va gender o‘zaro munosabatiga doir nazariy qarashlarning “defisit”, “dominantlik”, “farq”, “diskursiv”, “affectiv”, “fasilitativ”, “referensial” kabi nutq modellari negizida asoslanishi doir nazariy xulosalardan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targʻibot markazida bajarilgan 81-12/202 - “Milliy qadriyatlar yoshlar ardog‘ida” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot Markazining 2025-yil 20-iyundagi № ML01/01-44-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarjimonlarni tayyorlash jarayonida gender yondashuvga oid sotsiolingvistik kompetensiyasini shakllantirish metodologiyasi imkoniyatlari kengaygan;
    sotsiolingvistik kompetensiya bo‘lajak tarjimonlarning asosiy malaka talabi va majburiy kasbiy qobiliyati sifatida e’tirof etilib, uning lingvistik, ekstralingvistik, transfer, professional, psixofiziologik hamda strategik subkompetensiyalar tizimidagi o‘rni tarjimonlik faoliyatining muhim komponenti sifatida asoslanib, gender farqlilikka oid sotsiolingvistik kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida ijtimoiy-madaniy, psixologik, ta’lim va til muhiti, lingvistik omillar, ommaviy axborot vositalari hamda internetning roli ustivorligiga oid nazariy xulosalardan AQShning Michigan davlat universitetida o‘tkazilgan Ettinchi Yillik Xalqaro Ilmiy Ko‘rgazmani tashkil etishda foydalanilgan (Michigan davlat universitetining 2023-yil 12-apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarjimonlarni tayyorlash jarayonida gender yondashuvga oid sotsiolingvistik kompetensiayni shakllantirishning lingvodidaktik jihatlari va tamoyillarni aniqlashga erishilgan; 
gender kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv modelining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslanib, eksperimental guruhda sotsiolingvistik bilimlar, xususan gender sezuvchanlikning sezilarli darajada oshgani statistik va grafik tahlillar orqali o‘rganilib, gender stereotiplari, neytral til birliklari va madaniyatga xos nutq uslublarini o‘rganishga yo‘naltirilgan mashqlar tizimi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan “Shijoatli ayol” ijtimoiy himoya va ekologiya  markazida Shvesariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan 8101370 - “Qishloq ayol va qizlarining psixologik va agroekologik bilimlarini oshirish orqali gender tengligini ta’minlash” mavzuidagi loyihada foydalanilgan (“Shijoatli ayol” ijtimoiy himoya va ekologiya markazining 2025-yil 20-iyundagi №28-son ma’lumotnomasi) Natijada, sotsiolingvistik kompetensiya bo‘lajak tarjimonlarning asosiy malaka sifatidagi ahamiyati tarjimonlik kompetensiyasini oshirishga xizmat qilgan;
    bo‘lajak tarjimonlarda gender farqlilikka oid sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirish modeli ishlab chiqilib, tarjimonlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlari, xususan “Tarjimada madaniyatlararo muloqot” va “Amaliy tarjima” fanlari mazmunida gender farqlilikka oid sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan mavzular tizimi ishlab chiqilgan hamda ularning dasturiy-metodik ta’minotiga doir xulosa va tavsiyalardan “Chet tili o‘qitishning integrallashgan kursi” nomli  darslik yaratishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 21-iyundagi №3993-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarjimonlarni sotsiolingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga erishilgan; 
         bo‘lajak tarjimonlarda gender farqlilikka oid sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan model genderga oid tilda qo‘llaniladigan uslublarni kontrastiv tahlil qilish, gender kontekstida rolli o‘yinlar, gender jihatdan xolis tilga tarjima mashqlari, korpus asosida genderga oid nutqni tahlil qilish, ommaviy axborot vositalari matnlarini kognitiv diskurs tahlili (Cognitive Discourse Analysis) asosida o‘rganish, pragmatik qiyosiy mashqlarni amalga oshirishni o‘z ichiga olgan olti komponentli metod va topshiriqlar tizimi asosida ishlab chiqilib, uning samaradorligi matematik-statistik tahlillar asosidagi xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “Dolzarb mavzu” koʻrsatuvlari hamda “Najot bilimda” eshittirishi  ssenariysini tuzishda foydalanilgan  (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 24-iyundagi № 01-09-140-son ma’lumotnomasi). Natijasida esa ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish