Abduolimova Maftunaxon Nurulloxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy matnda qo‘llanilgan mifologik birliklar tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.PhD/Fil5911
Ilmiy rahbar: Qurbonova Sayyoraxon Maxamadalievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Odilov Yorqinjon Raxmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.     Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillarda mavjud mifologik birliklarning lisoniy hamda semantik jihatdan tadqiq etish va uslubiy  xususiyatlarini qiyosiy yoritib berishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
         tilshunoslikda mifologik birliklarning vujudga kelishi etimologik, ijtimoiy-madaniy hamda tadrijiy-pragmatik omillar bilan bog‘liq ekanligi, mazkur birliklarning morfologik, semantik-struktur lisoniy xususiyatlari, mifologik birliklarning nofaol lug‘at qatlamga mansub ekanligi ochib berilgan; 
turli tizimli tillarda mifologik tushunchalarni idrok etish va millatlararo muloqot jarayonida mahluqot, hayvonot, makonni ifodalovchi mifologik birliklarni qo‘llashda lingvokulturologik, sotsiolingvistik xoslanishlarning namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslangan; 
     mifologik birliklarning semantik, morfologik, sintaktik, uslubiy hamda pragmatik xususiyatlari turli tizimli tillarda farq qilishini isbotlash barobarida matn idrokida tillararo nomuvofiqliklar tufayli tarjima jarayonida duch kelinadigan qiyinchiliklarning lisoniy asoslari ochib berilgan;
     adabiy til lug‘at tarkibida qadimdan mavjud bo‘lgan mifologik birliklarning ijodkorlar tafakkuri orqali hosil qilingan yangi to‘qima mifologik nomlar bilan qiyosiy struktural-semantik hamda yangi tasavvur va tushuncha hosil qilish bilan bog‘liq nom berish imkoniyatidagi o‘zaro farqi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
tilshunoslikda mifologik birliklarning vujudga kelishi etimologik, ijtimoiy-madaniy hamda tadrijiy-pragmatik omillar bilan bog‘liq ekanligi, mazkur birliklarning morfologik, semantik-struktur lisoniy xususiyatlari, mifologik birliklarning nofaol lug‘at qatlamga mansub ekanligiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan 2020-2021-yillar “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati” ni yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 28-noyabrdagi 1/04-143-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati” ingliz va o‘zbek tillarida mavjud mifonimlar va ular bilan aloqador tushunchalar bilan bilan boyitilgan;
turli tizimli tillarda mifologik tushunchalarni idrok etish va millatlararo muloqot jarayonida mahluqot, hayvonot, makonni ifodalovchi mifologik birliklarni qo‘llashda lingvokulturologik, sotsiolingvistik xoslanishlarning namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslanganligi haqidagi xulosa hamda natijalaridan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Xayrli kun!” ko‘rsatuvlari, “Ma’naviyat qalb ko’zgusi” nomli radioeshittirishlarining ssenariylarini yozishda foydalanildi va muallif bilan suhbatlar uyushtirildi. Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur suhbatlar orqali mifologik birliklarning leksik semantik turlari va matnda qo‘llanilishi bo‘yicha nazariy hamda amaliy ahamiyatga molik kerakli ma’lumotlar olindi;
mifologik birliklarning semantik, morfologik, sintaktik, uslubiy hamda pragmatik xususiyatlari turli tizimli tillarda farq qilishini isbotlash barobarida matn idrokida tillararo nomuvofiqliklar tufayli tarjima jarayonida duch kelinadigan qiyinchiliklarning lisoniy asoslari ochib berilganligi hamda adabiy til lug‘at tarkibida qadimdan mavjud bo‘lgan mifologik birliklarning ijodkorlar tafakkuri orqali hosil qilingan yangi to‘qima mifologik nomlar bilan qiyosiy struktural-semantik hamda yangi tasavvur va tushuncha hosil qilish bilan bog‘liq nom berish imkoniyatidagi o‘zaro farqi dalillanganligiga doir xulosalaridan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etish ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (Farg‘ona davlat universiteti “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy tadqiqot markazining 2024-yil 11-dekabrdagi AL-FDU2022307-010-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvistik tahrirlarda mifologik birliklarning qo‘llanilish o‘rni va semantik paradigmasining uslubiy va badiiy talqinlari nazariy asoslandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish