Temirova Farangis Anvarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Nemis va shved tillaridagi “hand” kompnentli frazeologizmlarning leksikografik tavsifi “Hinter schwedischen Gardinen” lug‘ati materiallari asosida, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4704 Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Bushuy Tatyana Anatolievna, filologiya fanlari doktori professor; Imyaminova Shuhratxon Salimjonovna, filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqdasi shved va nemis tillarida “hand“ leksemasi bilan bog‘liq idiomalarni qiyosiy tahlil qilish, shuningdek, ularning voqelanishi semantikasi, ekvivalentligi va madaniy konnotatsiyalari xususiyatlarini “Hinter schwedischen Gardinen” («Za shvedskimi kulisami» “temir panjara ortida”) lug‘ati misolida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Shved va nemis tillaridagi frazeologik birliklarning maqomi korpus tilshunosligi ma’lumotlari va frazeologik qiyosiy tahlil prinsiplari asosida aniqlanagan, shu bilan birga, ularning semantik va funksional xususiyatlari aniqlanib, turli diskurs turlarida qo‘llanish qonuniyatlari belgilab olingan va ikki yaqin qarindosh til birliklarining chastotasi va uslubiy belgilanishi bo‘yicha o‘xshashlik va farqlar ko‘rsatilgan;
nemis va shved tillarida “hand” komponenti ishtirokidagi frazeologik birliklarning leksikografik kodlanishining zamonaviy prinsiplari ishlab chiqilgan, shu bilan birga lug‘at maqolalarini tahlil qilish asosida ma’nolarni bayon etishdagi nomutanosibliklar, diskursiv funksiyalar va tillararo mosliklarning etarlicha aks etmasligi aniqlangan, shuningdek bu esa ikki tilli va qiyosiy lug‘atlarda ushbu idiomalarni ifodalashga oid aniqlashtirilgan yondashuvlarni taklif etish imkonini berdi;
nemis va shved idiomalarini qiyosiy tahlil qilish natijasida ularning lingvomadaniy o‘ziga xosligi aniqlangan, shakl jihatidan ekvivalent bo‘lgan frazeologizmlar obrazli assotsiatsiyalar, pragmatik funksiyalar va madaniy-qadriyatli belgilanish nuqtayi nazaridan jiddiy farqlanishi isbotlangan;
korpus ma’lumotlarini tahlil qilish orqali “hand” komponenti ishtirokidagi frazeologik birliklarning diskursiv variativligi aniqlangan, va tadqiqot natijasida ma’lum bo‘ldiki, ushbu frazeologik birliklar yuqori darajadagi kontekstual moslashuvchanlikka ega: ularning ma’nolari matnning janr-uslubiy mansubligi (publisistika, badiiy adabiyot, og‘zaki nutqi) va bayonotning kommunikativ maqsadlariga qarab o‘zgaradi, shuningdek, olingan ma’lumotlar asosida leksikografik tasvirda mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan, jumladan, diskursiv variativlik va pragmatik xususiyatlarni lug‘at maqolalarida aks ettirish zarurligi ta’kidlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va shved tillaridagi “hand” komponentli frazeologizmlarning leksikografik tavsifi tamoyillarini aniqlashga doir tadqiqot asosida:
frazeologizmlarning leksikografik kodifikatsiyasitahlili, korpus materiallari hamda chog‘ishtirma frazeologiya tamoyillari tadqiqi asosida erishilgan natijalardan O‘zbekiston Milliy Universitetida 2022-2024yillarda bajarilgan “REP-25112021/113-UzUDT: „O‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bog‘liqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili” loyihasi doirasida foydalanilgan (Oʻzbekiston Milliy universitetining 04/11-7932 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, frazeologik birliklarning leksikografik tavsifida mavjud bo‘lgan boʻshliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar loyihada belgilangan vazifalarni hal etishga xizmat qilgan;
dissertasion tadqiqotning nemis va shved tillaridagi “hand” komponentiga ega frazeologik birliklarning leksik-semantik, struktur va diskursiv xususiyatlariga oid ma’lumotlardan AQSh Davlat departamenti, Toshkent shahridagi AQSh Elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim boʻyicha Amerika kengashi hamkorligida moliyalashtirilgan “English Access Microscholarship Program” dasturi doirasida Samarqand davlat chet tillar institutida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil, 12 dekabrdagi 2/24-4/7-690 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ma’lumotlar nemis tili boʻyicha magistratura bosqichida oʻquv kurslarini tashkil qilishda konseptual asos sifatida qabul qilingan;
shved va nemis idiomalari nutqiy faollashuvi hamda tillararo ekvivalentligining oʻziga xos jihatlarini aniqlash yuzasidan olingan natijalar “SUZ-800-21GR-3181 Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” loyihasi doirasida inobatga olingan (Qarshi davlat universitetiniing 21- iyun 2025-yildagi 04/2697 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning frazeologik birliklarning tillararo qiyosiy tahlili mexanizmlariga oid tushunchalari mukammallashgan va leksik hamda frazeologik materiallar bilan ishlash usullarini takomillashtirishga yangi imkoniyatlar yaratilgan;
qon-qarindosh tillar tizimida frazeologik birliklarning voqelanishi va ularning lingvomadaniy o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan “Maxsus reportaj” dasturi ssenariyasini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 11-iyundagi 01-07/251 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manba va ma’lumotlar zahirasi boyitilgan;