Shoisoev Izatullo Kenjaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Shimoliy Ustrushonaning qadimgi va zamonaviy arxitekturasiga xos an’analari”, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2 DSc /A16.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suleymanov Rustam Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Ismoilova Jannat Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shimoliy Ustrushona tarixiy shaharlari va arxitektura yodgorliklarining vujudga kelish hamda taraqqiy etish bosqichlarini kompleks tarzda ochib berish va ushbu mintaqaning qadimgi va zamonaviy arxitekturasiga xos an’analarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shimoliy Ustrushona hududidagi qadimgi va o‘rta asrlarga mansub Kattaqirtepa (mil.avv. III-I a.a.) hamda Qo‘shtepa shahri (mil. avv. IV-I a.a.), Eski Xovos shaharchasi (mil.avv. II - mil. I a.a.) va hududidagi aholi turar-joylari (Qo‘shtepa, Qo‘shtepa 1, Eski Xovos)ning grafik qayta tiklash taklif loyihalari ishlab chiqilgan;
Shimoliy Ustrushona hududida ilk shaharlar miloddan avvalgi VII asrlarda vujudga kela boshlaganligi, ular ikki qism (ark va shahriston)dan iborat bo‘lganligi (Nurtepa, Qo‘shtepa 1, Kattaqirtepa), o‘rta asrlarda shaharlar hududiy jihatdan kengayib uch qismli (ark, shahriston va rabod) (Qo‘shtepa, Eski Xovos, Nurota “Xushkat”) tarzda tarkib topganligi asoslangan;
o‘rganilayotgan hududdagi Qaliyatepa yodgorligi (mil. avv. IV-XII, mil. XV—XVI a.a.) va Jizzax o‘rdasi (X asr), qadimgi Saklar kalendari (mil. avv. IV – mil. I asr) shaharlarining rivojlanishi yuzasidan grafik qayta tiklash taklif loyihalari arxiv ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan;
XX asrda Mirzacho‘lda olib borilgan irrigatsiya va erlarni o‘zlashtirilish jarayonlari 4 bosqichda amalga oshirilganligi, jumladan: I bosqich - 1897-1916 yillar (hozirgi Sirdaryo, Sayhunobod, Guliston va Boyovut tumanlari), II bosqich - 1918-1929 yillar (Yangier shahri, Mirzaobod tumani), III bosqich - 1939-1954 yillar (Oqoltin va Sardoba tumanlari), IV bosqich - 1956-1963 yillar (Oqoltin tumani)da olib borilganligi aniqlangan;
Mirzacho‘l hududida vujudga kelgan rus qishloqlarining ba’zilari temir yo‘l liniyalarini qo‘riqlash (Duxovskiy-hozirgi Guliston shahri 1-2 mavzelari atrofi) va Buyuk Knyazning otliq yilqilarini asrash (Konno-gvardeyskiy-hozirgi Guliston tumanidagi Ko‘nchi qishlog‘i) sabablari natijasida shakllanganligi, hududdagi qolgan qishloqlar joylashuviga ko‘ra temir yo‘l yoqasida (Sir-Darinskiy-hozirgi Sirdaryo shahri hududi, Aleksevskiy - hozirgi Baxt shahri yaqinidagi qishloq, Spasskiy- hozirgi Guliston shahri Do‘stlik qo‘rg‘oni, Duxovskiy- hozirgi Guliston shahri 1-2 mavzelari atrofi) va Sirdaryo bo‘yida (Nadejdenskiy - hozirgi Guliston tumanidagi Beshbuloq qishlog‘i, Nikolaevskiy - hozirgi Bekobod tumanidagi Achamayli qishlog‘i, Verxniy Volinskiy – hozirgi Sayhunobod tumani markazi bo‘lgan Sayhun shaharchasi, Nijniy Volinskiy – hozirgi Sayhunobod tumani markazi bo‘lgan Sayhun shaharchasi, Romanovskiy – hozirgi Guliston tumanidagi Dexqonobod shaharchasi, Obetovanniy – hozirgi Sayhunobod tumani Guliston qishlog‘i, Stretenskiy – hozirgi Bekobod tumanidagi qishloq) shakllanganligi aniqlangan;
o‘rganilayotgan hududda shamolning kuchli esishi va yomg‘ir yo‘nalishining sharqiy tarafdan ekanligi sababli yakka tartibdagi turar-uylar asosan sharqiy, janubiy-sharqiy hududlarga teskari holatda qurilganligi, ko‘p qavatli turar-uylar qurilishi 1930 yilda Bekobod shahrida boshlanganligi asoslangan;
Mirzacho‘lda Chor Rossiyasi va sovetlar davrida sanoat, iqtisodiy, energetika shaharlari shakllanganligi, jumladan 1890 yilda “Xilkova” sanoat shahri (hozirgi Bekobod shahri), 1907 yilda Sirdaryo iqtisodiy shahri, 1940 yilda Shirin energetika shaharchasi vujudga kelganligi va ular yillar mobaynida kengayib borganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mirzacho‘l arxitekturasining vujudga kelish va taraqqiy etish jarayonlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shimoliy Ustrushona hududida ilk shaharlar miloddan avvalgi VII asrlarda vujudga kela boshlaganligi, ular ikki qism (ark va shahriston)dan iborat bo‘lganligi (Nurtepa, Qo‘shtepa 1, Kattaqirtepa), o‘rta asrlarda shaharlar hududiy jihatdan kengayib uch qismli (ark, shahriston va rabod) (Qo‘shtepa, Eski Xovos, Nurota “Xushkat”) tarzda tarkib topganligi hamda Qaliyatepa yodgorligi (mil. avv. IV-XII, mil. XV—XVI a.a.) va Jizzax o‘rdasi (X asr), qadimgi Saklar kalendari (mil. avv. IV – mil. I asr) shaharlarining rivojlanishi yuzasidan hududda ilk o‘rta asrlar davri holatini grafik va videorolik shaklida berilganligi, ilk o‘rta asrlardagi aholi turar-joylari yuzasidan taklif loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan ob’ektlarning rekonstruksiya loyihalarini bajarish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02-06/3925-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy yodgorliklarni saqlash, ta’mirlash, qayta tiklash va modernizatsiyalash loyihalarini bajarish imkoniyati oshgan;
XX asrda Mirzacho‘lda olib borilgan irrigatsiya va erlarni o‘zlashtirilish jarayonlari 4 bosqichda amalga oshirilganligi, jumladan: I bosqich - 1897-1916 yillar (hozirgi Sirdaryo, Sayhunobod, Guliston va Boyovut tumanlari), II bosqich - 1918-1929 yillar (Yangier shahri, Mirzaobod tumani), III bosqich - 1939-1954 yillar (Oqoltin va Sardoba tumanlari), IV bosqich - 1956-1963 yillar (Oqoltin tumani) hamda tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan grafik rekonstruksiya taklif loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining loyihalash faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2022 yil 22 noyabrdagi 02-06/3926-son ma’lumotnomasi). Natijada “Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar yaratishda, moddiy madaniyatni yoritishda, oliy o‘quv yurtlari hamda mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarida seminarlar tashkil etish uchun foydalanishga erishilgan;
Mirzacho‘l hududida vujudga kelgan rus qishloqlarining ba’zilari temir yo‘l liniyalarini qo‘riqlash (Duxovskiy-hozirgi Guliston shahri 1-2 mavzelari atrofi) va Buyuk Knyazning otliq yilqilarini asrash (Konno-gvardeyskiy-hozirgi Guliston tumanidagi Ko‘nchi qishlog‘i) sabablari natijasida shakllanganligi, hududdagi qolgan qishloqlar joylashuviga ko‘ra temir yo‘l yoqasida (Sir-Darinskiy-hozirgi Sirdaryo shahri hududi, Aleksevskiy - hozirgi Baxt shahri yaqinidagi qishloq, Spasskiy- hozirgi Guliston shahri Do‘stlik qo‘rg‘oni, Duxovskiy- hozirgi Guliston shahri 1-2 mavzelari atrofi) va Sirdaryo bo‘yida (Nadejdenskiy - hozirgi Guliston tumanidagi Beshbuloq qishlog‘i, Nikolaevskiy - hozirgi Bekobod tumanidagi Achamayli qishlog‘i, Verxniy Volinskiy – hozirgi Sayhunobod tumani markazi bo‘lgan Sayhun shaharchasi, Nijniy Volinskiy – hozirgi Sayhunobod tumani markazi bo‘lgan Sayhun shaharchasi, Romanovskiy – hozirgi Guliston tumanidagi Dexqonobod shaharchasi, Obetovanniy – hozirgi Sayhunobod tumani Guliston qishlog‘i, Stretenskiy – hozirgi Bekobod tumanidagi qishloq) shakllanganligi kabi yig‘ilgan ma’lumotlar Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan viloyat hududining tarixiy jarayonlarini baholash va loyihalarni bajarish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati hokimligining 2025 yil 14 iyundagi 0/09-4934-son ma’lumotnomasi). Natijada hudud bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar tarixiy yodgorliklari asosida ishlab chiqilgan ma’lumotlar va tavsiyalari oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’lim berishda keng foydalanish imkoniyati oshgan;
Sirdaryo viloyati hududidagi qadimgi va o‘rta asrlarga mansub Kattaqirtepa (mil.avv. III-I a.a.) va Qo‘shtepa shahri (mil. avv. IV-I a.a.), Eski Xovos shaharchasi (mil.avv. II - mil. I a.a.) va hududidagi aholi turar-joylari (Qo‘shtepa, Qo‘shtepa 1, Eski Xovos)ning arxeologik yodgorliklarining grafik qayta tiklash taklif loyihalari arxiv ma’lumotlari asosida ishlab chiqilganligi hamda Sardoba tumanidagi “Og‘ochli sardoba” me’moriy obidasini saqlash va ta’mirlash yo‘llarini takomillashtirish, hamda amaliyotga tadbiq qilish bo‘yicha olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, hududdagi turar-joylarini o‘rta asrlar davri holatini grafik tasvirlari, tarixiy yodgorliklarning qurilish madaniyatini to‘liq qamrab olgan kompleks tadqiqoti natijalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Abadiyat oralab” ko‘rsatuvi senariysini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 14 avgustdagi 02-31-1214-son ma’lumotnomasi). Natijada Sirdaryo viloyati Madaniy meros ob’ektlari bo‘yicha bajargan kompleks tadqiqoti loyiha materiallari moddiy madaniyatini yoritishga erishilgan;
Mirzacho‘lda Chor Rossiyasi va sovetlar davrida sanoat, iqtisodiy, energetika shaharlari shakllanganligi, jumladan 1890 yilda “Xilkova” sanoat shahri (hozirgi Bekobod shahri), 1907 yilda Sirdaryo iqtisodiy shahri, 1940 yilda Shirin energetika shaharchasi vujudga kelganligi va ular yillar mobaynida kengayib borganligi bo‘yicha taklif loyihalari Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan ob’ektlarning rekonstruksiya loyihalarini bajarish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati hokimligining 2025 yil 14 iyundagi 0/09-4934-son ma’lumotnomasi). Natijada arxiv ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan hududdagi tarixiy yodgorliklarni saqlash, ta’mirlash, qayta tiklash va modernizatsiyalash loyihalarini bajarish imkoniyati oshgan.