Sayt test rejimida ishlamoqda

Samiev Luqmon Nayimovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Daryo cho‘kindilarining irrigatsion ahamiyatini baholash va boshqarish metodlari», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T230.

Ilmiy rahbar: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori; Eshev Sobir Odilovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: daryo cho‘kindilarining fraksion tarkibini inobatga olgan holda irrigatsion ahamiyatini baholash va boshqarish usulini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

gidrotexnik inshootlarda daryo cho‘kindilarining uzunlik bo‘yicha taqsimotini hisoblash usuli notekis harakatni inobatga olish orqali takomillashtirilgan;

gidrotexnik inshootlarda daryo cho‘kindilari taqsimotini hisoblash usuli loyiqa cho‘kindilarning fraksion tarkibini inobatga olish orqali takomillashtirilgan;

daryo cho‘kindilarini boshqaruvchi inshoot-tindirgichda cho‘kindilarni samarali ushlab qoluvchi konstruktiv parametrlar takomillashtirilgan;

daryo cho‘kindilarini boshqaruvchi inshoot-tindirgichning gidravlik hisoblash usuli loyqa-cho‘kindilarning fraksion tarkibini inobatga olish orqali takomillashtirilgan;

daryo cho‘kindilarini irrigatsion ahamiyatini baholash va boshqarishda fraksion va kimyoviy tarkibi orasidagi bog‘liqlik korrelyasion koeffisienti orqali asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Daryo cho‘kindilarining irrigatsion ahamiyatini baholash va boshqarish metodlarini ishlab chiqish asosida:

daryo cho‘kindilarining boshqaruvchi inshoot tindirgichlarning konstruktiv parametrlarini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan (“Davriy yuvilib turuvchi bir kamerali tindirgich” №FAP 00926 - 2014y.). Natijada yangi tindirgich konstruksiyasi orqali daryo cho‘kindilarini fraksiyalarga ajratib boshqariladi va mayda fraksiyali zarrachalarni sug‘orish dalalariga yuborish imkonini bergan;

ochiq o‘zanlarda gidrotexnik inshootlar ta’sirida daryo cho‘kindilarining oqim uzunligi bo‘yicha taqsimotini hisoblash usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Shavat kanali tindirgichi va Suvli nasos stansiyasi avankamerasida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 04/30-1220-son ma’lumotnomasi). Natijada notekis harakat davomida oqim uzunligi bo‘yicha cho‘kindilarning taqsimotini hisoblash imkoni yaratilgan;

daryo cho‘kindilarining oqim uzunligi bo‘yicha boshqarishning takomillashgan usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Mirishkor magistral kanali, Katta Farg‘ona magistral kanali (KFK), KFK-So‘x tindirgichi, magistral kanallardagi gidrotexnik inshootlarda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 04/30-1220-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining joriy etilishi kanallarni loyqa bosishdan asrash hamda daryo cho‘kindilaridan xomashyo resursi sifatida foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish