Nazarov Shomurod Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bir atomli fenollarning vinil efirlari sintezi, xossalari, texnologiyasi va ishlatilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1785.
Ilmiy rahbar: Axmedov Vohid Nizomovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Rustam Valievich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Shirinov Shavkat Davlatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fenol va uning hosilalarini yuqori asosli sistemalar ishtirokida vinilatsetilen bilan vinillash mahsuloti sopolimeri asosida qo‘ndirmalar olish  texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fenol, o-krezol, m-krezol va p-krezolni vinilatsetilen bilan atmosfera bosimida tabiati turlicha bo‘lgan erituvchilar va katalizatorlar ishtirokida vinillash jarayonining kinetikasi aniqlangan;
KON-DMSO-SsF yuqori asosli sistemaning tanlangan fenollarni vinillash jarayonlarining maqbul sharoitlari aniqlangan va tanlangan fenollarni vinillash asosida oksivinil hosilalar sintez qilingan;
bir atomli fenollar va ularning vinil hosilalarini kvant-kimyoviy hamda molekulyar-dinamik hisoblashlar asosida reaksion qobiliyatlari aniqlangan;
β-fenoksibutadien 1-3 ning metilmetakrilat bilan sopolimeri asosida olingan moddalardan qo‘ndirma sifatida foydalanib dizel` yoqilg‘ilari xossalarini yaxshilaganligi aniqlangan;
dizel yoqilg‘isi uchun qo‘ndirmalar olishning texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oksivinil hosilalar va metilmakrilat qo‘shpolimeri asosida dizel` yoqilg‘ilari uchun qo‘ndirmalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
 oksivinil hosilalar va metilmakrilat qo‘shpolimeri asosida olingan qo‘ndirmalar Buxoro neftni qayta ishlash zavodida dizel` yoqilg‘ilarining depressorlik xossalarini yaxshilashda joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 3 dekabrdagi 03-17-5/190-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan qo‘ndimalar olish texnologiyasi asosida dizel` yoqilg‘ilari quyi harorat xossalarini yaxshilovchi qo‘ndirmalar olish imkoni bergan.
yangi sintez qilingan oksivinil hosilalar va metilmakrilat qo‘shpolimeri asosida olingan qo‘ndirmalar Buxoro neftni qayta ishlash zavodida dizel` yoqilg‘ilarining depressorlik xossalarini yaxshilashda joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2021 yil 3 dekabrdagi 03-17-5/190 son ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan qo‘ndirmalar dizel yoqilg‘isiga sinovdan o‘tkazilib, loyqalanish haroratiga ta’sir etmagan holda, qotish haroratini – 28 0S gacha, fil`trlanish haroratini -19 0S gacha yaxshilash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish