Ollokulova Feruza Mansurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy byudjetlar daromadlar manbaini kengaytirish yo‘nalishlari (Surxondaryo viloyati misolida)», 08.00.07–“Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1703.
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Muxriddin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy byudjetlar daromad manbaini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy byudjetlar daromadlar manbaini kengaytirish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarga ega yuridik shaxslar tomonidan er solig‘i qishloq xo‘jaligi erlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanishini joriy etish taklif qilingan;
mahalliy byudjetlar daromadlar manbaini oshirish maqsadida avtomashina turar joy kadastr qiymatini 12 mln. so‘m miqdorida belgilash, ushbu qiymatga nisbatan 0,23 foiz miqdorida soliq stavkasini qo‘llash taklif asoslangan;
er solig‘i bazaviy stavkasini respublika bo‘yicha belgilash hamda joylardagi xalq deputatlari kengashlari tomonidan bu stavkalarga, erning joylashuvi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, koeffisientlar qo‘llash to‘g‘risidagi taklifi etilgan;
ko‘chmas mulk ob’ektlarini bozor qiymatiga yaqin kadastr qiymati asosida soliqqa tortishni amaliyotga joriy qilish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
mahalliy byudjetlar daromadlar manbaini kengaytirish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan er solig‘i qishloq xo‘jaligi erlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanishini joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi 427-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 30 iyuldagi 06/04-01-32/1115-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar bo‘yicha 2021 yilning I yarim yilida, bu o‘zgarish kiritilgunga qadar bo‘lgan tizim bo‘yicha 156,9 mlrd. so‘m o‘rniga, 22.3 mlrd.so‘m mablag‘ kelib tushdi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilari ixtiyorida 134,6 mlrd.so‘m mablag‘ qoldirilishi ta’minlangan;
mahalliy byudjetlar daromadlar manbaini oshirish maqsadida avtomashina turar joy kadastr qiymatini 12 mln.so‘m miqdorida belgilash, ushbu qiymatga nisbatan 0,23 foiz miqdorida soliq stavkasini qo‘llash to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-659-sonli qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 30 iyuldagi 06/04-01-32/1115-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijada 2021 yilning I yarim yilida davlat byudjetiga qo‘shimcha 552 mlrd.so‘m tushishiga erishilgan;
er solig‘i bazaviy stavkasini respublika bo‘yicha belgilash hamda joylardagi xalq deputatlari kengashlari tomonidan bu stavkalarga, erning joylashuvi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda koeffisientlar qo‘llash to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6121-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 30 iyuldagi 06/04-01-32/1115-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida 2021 yil I yarim yilida mahalliy byudjetlarga qo‘shimcha 522,4 mlrd.so‘m kelib tushishiga erishilgan;
ko‘chmas mulk ob’ektlarini bozor qiymatiga yaqin kadastr qiymati asosida soliqqa tortishni amaliyotga joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi «Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6121-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 30 iyuldagi 06/04-01-32/1115-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amliyotga joriy etish natijasida mol-mulk solig‘i va er soliqlarini ushbu kadastr qiymati asosida hisoblashi amaliyotga tatbiq qilish ikki bosqichda, ya’ni 2021-2024 yillarda amalga oshirilishi belgilangan.