Sulaymonov Shahob Hodievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston sharoitida kamalak gulbaliq (oncorchynchus mykiss) ko‘payish xususiyatlarining shakllanishi va serpushtligi», 03.00.15 – Ixtiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B423.
Ilmiy rahbar: Yuldashov Mansur Arzikulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi Phd.03/30.12.2019.b.02.08 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuzmetov Abdulxamet Raymberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Jobir Jamolovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Chirchiq daryosi havzasida Kamalak gulbaliqni sanoat usulida etishtirish, tur uchun yangi bo‘lgan sharoitda jinsiy voyaga etish xususiyatlari va serpushtlik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
import qilingan davlatlardagiga nisbatan Xo‘jakent suv omborida kamalak gulbaliqning o‘sishi, jinsiy voyaga etilishi va serpushtlilik ko‘rsatgichlari 40-72% gacha oshganligi aniqlangan;
Xo‘jakent suv ombori suvining tarkibi, xossalari va xususiyatlari kamalak gulbaliqning yashashi, rivojlanishi va ko‘payishi uchun optimal darajadaligi ochib berilgan;
mamlakatimizning sovuq suvli suv havzalarida kamalak gulbaliqning gonadogenez va gametogenez jarayonlari mo‘’tadil kechish xususiyatlari ochib berilgan;
tur uchun yangi sharoitda jinsiy voyaga etgan urg‘ochi baliqlarning mutlaq serpushtliligini sanoat miqyosida rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston sharoitida kamalak gulbaliq (Oncorchynchus mykiss) ko‘payish xususiyatlarining shakllanishi va serpushtligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inkubatsiya jarayonida ikralarni kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi bilan ishlov berish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Qandil parvoz - fayz” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 14 dekabardagi 02/23-2205-son ma’lumotnomasi). Natijada, saprolegniya kasalligining oldi olinib lichinkalarning chavoqqa aylanishi 50% dan 72% gacha oshirish imkonini bergan;
Kamalak gulbaliqning urug‘langan ikralarini inkubatsiya qilish, baliqchilik ho‘jaliklarida aeratsiya va degazator qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Golden fish group” MChJ, “Mr Fish Farg’ona Company” MChJ va .“Eto ya” xususiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbek baliqsanoat” uyushmasining 2021 yil 16 dekabrdagi 08/991-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur baliqchilik xo‘jaliklarida baliqlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichini 18-30% gacha oshirish imkonini bergan.