Masharipova Hulkar Qabulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postnatal ontogenezda bolalarda o‘t yo‘llari topografiyasining morfologik xususiyatlari» 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1482.
Ilmiy rahbar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot Universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlardagi bolalarning jigari, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari tuzilishi, shakllanishidagi  o‘ziga xoslik va morfologik xususiyatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli yoshdagi bolalarda jigarining shakli hamda jigar darvozasining ochiq yoki yopiq turiga qarab o‘t yo‘llarni shakllanishining anatomik o‘lchamlari (o‘ng bo‘laklari balandligi 60±1,3 mm, chap bo‘lagi 40,3±0,8 mm, o‘ng va chap bo‘laklarning kengligi 27,8±0,7 mm, oldingi va orqa o‘lchami 48,5 ±1,1 mm, o‘ng bo‘lagi va chap bo‘lagi  22,3±1,3 mm ga tengligi)  asoslangan;
yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, erta, birinchi, ikkinchi bolalik davridagi jigarining anatomik tuzilishi, o‘t yo‘llarining shakllanishidagi o‘ziga xos bo‘lgan anatomik o‘zgarishlar jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarida anatomik o‘zgarishlarni tiklashga qaratilgan jarroxlik amaliyotini bajarish zaruligi asoslangan;
jigarning old va orqa qirg‘oqlariga nisbatan jigar darvozasining joylashishi bo‘yicha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlardan nafaqat jigar bo‘laklarini tashkil etuvchi segmentlarning hajmini, balki jigar ichi o‘t yo‘llarining uzunligi va diametriga ham bog‘liqligi isbotlangan;
turli yoshdagi bolalarning jigar shakli, o‘lchamlarining yoshga qarab o‘zgarishidagi o‘ziga xos xususiyatlari, jigar va o‘t pufagining balandligi, kengligi, oldingi va orqa o‘lchamlari natijasida bolalikning turli davrlariga xos anatomik o‘zgarishlar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Postnatal ontogenezda bolalarda o‘t yo‘llari topografiyasining morfologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
postnatal ontogenezda bolalarda o‘t yo‘llari topografiyasining morfologik xususiyatlarini baholashga qaratilgan tadqiqotning ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Bolalar jigarining topografiyasini yoshga qarab o‘zgarishi va uni o‘rganish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 apreldagi 8n-z/155-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘t yo‘llari topografiyasi va morfologik xususiyatlari bolalikning turli davrlaridagi o‘zgarishlarni o‘rganish, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarini erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
postnatal ontogenez davrida bolalarda o‘t yo‘llari topografiyasining morfologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi, Urganch tuman tibbiyot birlashmasi, Xorazm viloyati Temir yo‘l shifoxonasi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 3 iyundagi 08-15546-son ma’lumotnomasi). Natijada har-xil yoshdagi bolalar jigarining shakli, uning rivojlanish xususiyatlari, jigar darvozasining topografiyasi xaqidagi olingan ma’lumotlar asosida jigardagi barcha jarrohlik amaliyotlarida, shu jumladan jigarning chap bo‘lagi rezeksiyasi jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan og‘ir asoratlarni oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish