Yuldashev Nurulla Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Nazorat va boshqaruv tizimlari uchun burchak siljishlari farqini o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichlar”, 05.01.06 – Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2640
Ilmiy rahbar: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Siddiqov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Sattarov Xurshid Abdishukurovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sezgirligi, aniqligi yuqori va funksional imkoniyatlari kengaytirilgan burchak siljishlari farqini o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘zg‘aluvchan qismlaridan birini o‘zaro aks joylashgan arximed spirali ko‘rinishida yasash hisobiga sezgirligi va aniqligi yuqori, bir vaqtning o‘zida ikkita ob’ekt siljish burchaklari va ularning farqini alohida-alohida o‘lchash imkoniyatiga ega hamda og‘irlik-gabarit ko‘rsatkichlari kichik bo‘lgan yangi transformator o‘zgartirgichlar ishlab chiqilgan;
burchak siljishlari farqini o‘lchovchi yangi transformator o‘zgartirgichlarning magnit o‘tkazgichlari, ishchi va ishchi bo‘lmagan havo oraliqlari magnit qarshiliklari hamda chulg‘amining taqsimlanganligini hisobga olgan holda matematik modellari ishlab chiqilgan; 
burchak siljishlari farqini o‘lchovchi yangi transformator o‘lchash o‘zgartirgichlari yuklama statik xarakteristikalarining analitik ifodalarini aniqlovchi metodikasi ularning almashlash sxemasi asosida ishlab chiqilgan;
burchak siljishlari farqini o‘lchovchi yangi transformator o‘zgartirgichlarning statik va dinamik xarakteristikalarini tadqiq etish jarayonini soddalashtirish imkoniyatini beruvchi parametrik struktura sxemalari ulardagi elektromagnit jarayonlarni aks ettiruvchi elementar zvenolar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Burchak siljishlari farqini o‘lchovchi transformator o‘zgartirgichlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
burchak siljishini o‘lchovchi transformator qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (№IAP 06642; 2021y.). Natijada, yuqori sezgirlik va aniqlikka hamda og‘irlik-gabarit ko‘rsatkichlari kichik bo‘lgan burchak siljishlari farqini o‘lchovchi qurilma yaratilgan;
burchak siljishini o‘lchovchi transformator qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (№IAP 06911; 2022y.). Natijada, bir vaqtning o‘zida ikkita ob’ekt siljish burchaklari va ularning farqini alohida-alohida o‘lchash hisobiga funksional imkoniyatlari kengaytirilgan hamda kichik og‘irlik-gabarit ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan burchak siljishlari farqini o‘lchovchi qurilma yaratilgan;
ishlab chiqilgan sezgirligi, aniqligi yuqori hamda kichik og‘irlik-gabarit o‘lchamlariga ega bo‘lgan burchak siljishlar farqini o‘lchovchi transformator o‘zgartirgich “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Toshkent” elektr ta’minoti distansiyasi “Raximov” kontakt tarmog‘i rayonida o‘tkazuvchi tayanchdagi konsollarini gorizantal tekislikda og‘ish burchagini nazorat qilish va uning nosozligini aniqlovchi qurilma sifatida qo‘llanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 26 apreldagi 01/1364-22 – son ma’lumotnomasi). Natijada, elektrlashgan temir yo‘l kontakt tarmog‘idagi o‘tkazuvchi tayanch konsollari holatini avtomatik nazorat qilish va uning nosozligini o‘z vaqtida aniqlash hamda konsollar holati o‘zgarishi haqida ma’lumotlarni olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish