Safarov Zafar Fayzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda kritik holatlar oqibatlari og‘irlik darajasini integral baholash yo‘li bilan bashoratlash», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2. PhD/Tib204.
Ilmiy rahbar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Elmira Amanullaeva, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimov Axbor Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi og‘irlik darajasini integral baholash tizimlarini qiyosiy tahlil qilish yo‘li bilan shoshilinch tibbiy yordam bosqichlarida bolalardagi kritik holatlar og‘irlik darajasini baholashning zamonaviy usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy yordamning shifoxonagacha bosqichi uchun ilk marotaba biometrik tahlil asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minot paketlar holatida qo‘llaniladigan va muallifning innovatsion mahsuloti bilan himoyalangan kritik holatga ega bemorlarni baholashning ilmiy asoslangan kompleks integral usulining samaradorligi isbotlangan;
mahalliy pediatriya amaliyotida shok holatidagi 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasidagi bolalarda kritik holatlarning og‘irligini baholash va oqibatlarini bashorat qilish uchun APACHI II, SAPS, SOFA va MODS integral shkalalardan foydalanish mumkinligi isbotlangan;
statistik jihatdan ahamiyatli parametrlar yordamida tasdiqlangan APACHI II va MODS integral shkalalarining yuqori darajadagi ishonchliligi orqali shoshilinch yordam taktikasini belgilovchi shok holatlari og‘irlik darajalarini aniqlashda usullarning samaradorligi isbotlangan;
integral shkalalarning yuqori statistik ahamiyatga ega bo‘lgan klinik va laborator parametrlari asosida modifikatsiyalangan integral MMODS shkalasi ishlab chiqilgan,  pediatriya amaliyotining shoshilinch yordam bosqichlarida bolalarda kritik holatning rivojlanishini etarli baholanmasligining oldini olishi va o‘limni kamaytirishi bo‘yicha samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda kritik holatlar oqibatlari og‘irlik darajasini integral baholash yo‘li bilan bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kritik holatlarning og‘irlik darajasini baholashning integral baholash tizimlaridan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida «Shifoxonagagacha yordamning so‘nggi bosqichida bolalarda kritik holatlarning og‘irlik darajasini baholashning integral baholash tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 10 fevraldagi 8n-z/47-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma shoshilinch yordam ko‘rsatuvchi muassasalarga tadbiq qilinishi natijasida bolalardagi kritik holatlar og‘irlik darajasini o‘z vaqtida aniqlash imkonini bergan; 
bolalarda kritik holatlar oqibatlari og‘irlik darajasini integral baholash yo‘li bilan bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Bolalar Milliy tibbiyot markazi, Andijon va Surxondaryo viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022  yil 7 iyundagi 08-16043-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy  qilinishi kritik holatlardagi bolalarda baholash-bashoratlash integral shkalalardan foydalanish qaytmas shokni erta bosqichda tashxislash, shoshilinch tibbiy yordam samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, asoratlarni kamaytiradigan tegishli shoshilinch choralarni o‘z vaqtida taqdim etishga, shuningdek,  ayrim bemorlarning asossiz shifoxonaga yotqizilishining oldini olishga imkoniyat yaratgan.a

Yangiliklarga obuna bo‘lish