Zoxidov Firuz Faxritdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududda ichki turizmning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt685.
Ilmiy rahbar: Aslanova Dilbar Xasanovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Navruz-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimova Mashxura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyot sharoitida hududda ichki turizmning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash va oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki turizm salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlovchi ilm-fan, transport-logistika, servis, turistik-rekreatsion tuzilmalarini integratsiyalovchi agroekoturistik klasterini Mironkul qishlog‘ida shakllantirish taklifi asoslangan;
ichki turizm xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha standartlarni yashil marshrutlar pasportiga marshrut xaritasi va kadastrini kiritish orqali ekologik va agroturizmni tashkil etishning xalqaro standartlariga mos ravishda takomillashtirish taklifi asoslangan;
«turizm qishloqlari»da agroekoturizmni rivojlantirish va «turistik klasterlar»ni shakllantirish asosida hududning turistik salohiyatidan yanada samaraliroq foydalanishga yo‘naltirilgan ichki turizm sohasini 2022-2025 yillarda rivojlantirishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
turizm mobillik darajasiga ta’sir etuvchi axamiyatli omillarni aniqlash uslubi ichki turistik oqimga sog‘lomlashtirish, dam olish va joylashtirish infratuzilmasining ta’sirini hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududda ichki turizmning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash va oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ichki turizm salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlovchi ilm-fan, transport-logistika, servis, turistik-rekreatsion tuzilmalarini integratsiyalovchi agroekoturistik klasterini Mironkul qishlog‘ida shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 828-son qaroridagi Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan (Turizm va sport vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi 03-17-02/6490-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ichki turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
ichki turizm xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha standartlarni yashil marshrutlar pasportiga marshrut xaritasi va kadastrini kiritish orqali ekologik va agroturizmni tashkil etishning xalqaro standartlariga mos ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 828-son qaroridagi Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan (Turizm va sport vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi 03-17-02/6490-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki turizm bozorida turistik mahsulotlar iste’molchilariga xizmat ko‘rsatish jarayoni sifatini oshirishga erishilgan;
«turizm qishloqlari»da agroekoturizmni rivojlantirish va «turistik klasterlar»ni shakllantirish asosida hududning turistik salohiyatidan yanada samaraliroq foydalanishga yo‘naltirilgan ichki turizm sohasini 2022-2025 yillarda rivojlantirishning prognoz parametrlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy takliflar Samarqand viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqishda asos sifatida qabul qilingan (Turizm va sport vazirligining 2021 yil 15 sentyabrdagi 02-16/4504-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish mamlakatimizda 2021-2025 yillar davomida ichki turistlar sonining o‘rtacha yillik 13 foizga ko‘payishi imkonini berishi prognozdashtirilgan.
turizm mobillik darajasiga sog‘lomlashtirish, dam olish va joylashtirish infratuzilmasining ta’sirini baholash uslubi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 828-son qaroridagi Samarqand viloyatida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan (Turizm va sport vazirligining 2021 yil 20 sentyabrdagi 03-17-02/6490-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish hududlar bo‘yicha turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan maqsadli va manzilli dasturlarni alohida hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish pozisiyasidan kelib chiqib ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi monitoringi mexanizmini shakllantirish imkoniyatini bergan;