Rajabov Asqarjon Hamroqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali V gepatitli bolalarda rinosinusitlar: patogenezi, klinik-laborator tashxislash va davolash taktikasi», 14.00.009 – Pediatriya; 14.00.14 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib226.
Ilmiy maslaxatchilar: Inoyatova Flora Il`yasovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Amonov Shavkat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kuzovkov Vladislav Evgen`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaybullina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali gepatit V bilan og‘rigan bolalarda rinosinusitlar tashxisini takomillashtirish va kompleks davolashni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SGV bilan og‘rigan bolalarda CRS kasallikning o‘ziga xos xususiyatlari, patogenezidagi umumiy bog‘liklik - ikkilamchi immunitet tanqisligi holati va CRS va SGV kechishini o‘zaro og‘irlashtiradigan endogen intoksikatsiya ta’siri isbotlangan; 
SGV ning marker holati va VAS bilan bir qatorda o‘rta molekulyar peptidlar va leykotsitar intoksikatsiya indeksi miqdorini baholash orqali CRS+SGV bilan og‘rigan bolalarda og‘irlik darajasi isbotlangan; 
SGV ning og‘irligi va davomiyligiga ko‘ra CRS kechishining o‘ziga xosligi aniqlandi, bunda SGV ning davomiyligi CRS davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lib, SGVda burun yondosh bo‘shliqlaring uzoq muddatli zararlanishining o‘zaro bog‘liqligini va SGVda immunologik reaktivlik bosqichining saqlanishi va HVeAg manfiyligi bilan bir qatorda ALT fermentemiyasining yuqori darajadagi qo‘shilgan holati isbotlangan; 
SGV bilan og‘rigan barcha bolalarda SRSlarni faol aniqlash va o‘z vaqtida davolash uchun bolalarda LOR a’zolari holatini baholashda ishlab chiqilgan skrining dasturining samaradorligi isbotlangan;
CRS+SGV bilan kasallangan bemorlarni kasalxonada va 12 oy davomida dinamik kuzatuv vaqtida ishlab chiqilgan individual yondoshuvning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali V gepatitli bolalarda rinosinusitlar patogenezi, klinik-laborator tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
bolalarda SGV fonida SRSlarni davolashda salbiy oqibatlar rivojlanishining oldini olish va kasallikning og‘ir va murakkab shakllarga o‘tish xavfini kamaytirish asosida  ishlab  chiqilgan «Surunkali V gepatitli bolalarda rinosinusitni davolashga yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/361-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi SGV+SRSli bolalarda tashxislash va davolash usullari samaradorligini oshirish imkonini bergan; 
bolalarda SGV fonida SRSlarni erta aniqlash, zamonaviy tekshirish usullaridan foydalinish va davolashda salbiy oqibatlar rivojlanishining oldini olish asosida  ishlab chiqilgan «Surunkali gepatit V fonida kechuvchi rinosinusitlarni tashhislash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/361-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi SGV+SRSli bolalarda tashxislash va og‘irlik darajasini aniqlash imkonini bergan; 
bolalarda SGV fonida SRSlarni erta aniqlash, zamonaviy tekshirish usullaridan foydalinish va davolashda salbiy oqibatlar rivojlanishining oldini olish asosida ishlab chiqilgan «Surunkali gepatit V fonida rinosinusit bilan og‘rigan bolalarda burundan qon ketishini davolash taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-z/361-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi SGV+SRSli bolalarda burundan qon ketishini davolashda salbiy oqibatlarni kamaytirish imkonini bergan;
SRS va SGV bilan og‘rigan bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Xorazm viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 5 iyundagi 08-15788-sonli ma’lumotnomasi). Bolalarda CRS va SGV tashxislash va davolashni takomillashtirish SRS va SGV bilan og‘rigan bolalarda CRS qaytalanish sonini 1,9 martaga kamaytirishi va jigar shikastlanishining rivojlanishini oldini olish orqali kasallik remissiyasini 1,8 martaga oshirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish