Qo‘shshaeva Nafisa Mansurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nosiriddin Tusiy ma’naviy-axloqiy ta’limotining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati”, 09.00.03 - Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal435.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlar bo‘yicha doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rustam Toxirovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Muxammadjon, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nosiriddin Tusiy ma’naviy-axloqiy ta’limotining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Nosiriddin Tusiyning dunyoqarashiga ta’sir etgan muhit va shu davrda mavjud bo‘lgan turli kelishmovchilik, madaniyatni yo‘qotish, diniy separatizm, dogmatik g‘oyaviy-falsafiy qarashlar ta’sirida qolgan jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy parokandalikni barqarorlashtirish maqsadiga qaratilgan ilmiy va madaniy faoliyatni jonlantirish, kutubxonalarni asrash va tiklash, olimlar hayotini saqlab qolish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish kabi tashabbuskorlik faoliyati dalillangan; 
Nosiriddin Tusiyning “Axloqi – Nosiriy” asaridagi axloqiy ideal g‘oyasining tasavvufiy ta’limotlar rivojiga iymon, sabot, niyat, sidq, tavba va ixlos tushunchalari orqali qo‘shgan gumanistik ta’siri, ustoz – shogird munosabatlari asosida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, qat’iy intizom, ilmga rag‘bat, nafsni tarbiyalash usullariga oid falsafiy-axloqiy mohiyati ochib berilgan; 
Nosiriddin Tusiy ma’naviy-axloqiy merosining falsafiy fikrlar rivojidagi ilmga asosiy mezon sifatida qarash, mukammallikka erishuvda ma’naviy, jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘zini tanqidiy tahlil etish, shariat qoidalariga qat’iy amal qilish, aqliy hamda naqliy qonunlarning hamda basirat ahli yo‘lining ahamiyati “Adab – ul mutaallimun” va “Avsof ul – Ashraf” kabi manbalar asosida aniqlashtirilgan;
Tusiy ta’limotidagi “komil inson” – axloqiy faol shaxs modelini shakllantirishning ilm o‘rganish, haqiqatga talpinish, maorifga erishish kabi sifatlari, hikmat, shijoat, iffat kabi fazilatlar asosida millatlar va konfessiyalar o‘rtasida qarama-qarshiliklar, radikalizm va ekstremizmni bartaraf etish hamda tahdid va xatarlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish tamoyillari falsafiy jihatdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nosiriddin Tusiy ma’naviy – axloqiy ta’limotining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Nosiriddin Tusiyning dunyoqarashiga ta’sir etgan muhit va shu davrda mavjud bo‘lgan turli kelishmovchilik, madaniyatni yo‘qotish, diniy separatizm, dogmatik g‘oyaviy-falsafiy qarashlar ta’sirida qolgan jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy parokandalikni barqarorlashtirish maqsadiga qaratilgan ilmiy va madaniy faoliyatni jonlantirish, kutubxonalarni asrash va tiklash, olimlar hayotini saqlab qolish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish kabi tashabbuskorlik faoliyatiga doir ilmiy umumlashma va xulosalardan “Buyuk mutafakkir, olim Nosiriddin Tusiyning ideal axloq g‘oyasi va uning tasavvufiy ta’limotlar rivojiga gumanistik ta’siri, insonlarning ma’naviy axloqiy tarbiyalashdagi ustoz – shogird munosabatlari, qat’iy intizom, ilimga rag‘bat, tarbiya usullari yuzasidan yoshlarni barkamol qilib shakllantirishga oid masalalar va “Axloqi Nosiriy” asarida kiyinish madaniyati” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 09 iyundagi 05-12-10-2843-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodni insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat ruxida tarbiyalashga, jaxolatga qarshi ma’rifat, ilm va amal, ma’naviy barqarorlikka erishish kabi profilaktika va targ‘ibot- tashviqot ishlar samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
Nosiriddin Tusiyning “Axloqi – Nosiriy” asaridagi axloqiy ideal g‘oyasining tasavvufiy ta’limotlar rivojiga iymon, sabot, niyat, sidq, tavba va ixlos tushunchalari orqali qo‘shgan gumanistik ta’siri, ustoz – shogird munosabatlari asosida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, qat’iy intizom, ilmga rag‘bat, nafsni tarbiyalash usullariga oid falsafiy-axloqiy mohiyatiga oid yangilik va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yildagi chora-tadbirlar dasturi IV. “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” 169-bandi “Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil sardori”, “Talabalar festivali”, “Intellektual o‘yinlar” haftaligi, “Yil talabasi” ko‘rik-tanlov va musobaqalarni tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 14 iyundagi 03/08-744-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni gumanistik qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga, milliy davlatchiligimiz tarixini o‘rganishga, ajdodlarimiz boy ma’naviy merosiga hurmatni shakllantirishga, umuminsoniy tamoyillarni chuqur o‘rganishga xizmat qilgan;
Nosiriddin Tusiy ma’naviy-axloqiy merosining falsafiy fikrlar rivojidagi ilmga asosiy mezon sifatida qarash, mukammallikka erishuvda ma’naviy, jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘zini tanqidiy tahlil etish, shariat qoidalariga qat’iy amal qilish, aqliy hamda naqliy qonunlarning hamda basirat ahli yo‘lining ahamiyati “Adab – ul mutaallimun” va “Avsof ul – Ashraf” kabi manbalar asosida aniqlashtirilganligiga oid yangilik va xulosalardan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi RZ-2017-0930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020 yy) mavzuidagi amaliy grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Farg‘ona davlat universitetining 2021 yil 24 sentyabrdagi 01-2762-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyixa oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarishga, yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan uslubiy tavsiyalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
Tusiy ta’limotidagi “komil inson” – axloqiy faol shaxs modelini shakllantirishning ilm o‘rganish, haqiqatga talpinish, maorifga erishish kabi sifatlari, hikmat, shijoat, iffat kabi fazilatlari asosida millatlar va konfessiyalar o‘rtasida qarama-qarshiliklar, radikalizm va ekstremizmni bartaraf etish hamda tahdid va xatarlarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish tamoyillariga doir yangilik va xulosalardan, nazariy tavsiyalar va amaliy takliflardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “O‘ziga o‘xshaydi o‘zbek”, “Til – millat ko‘zgusi” bir qator ko‘rsatuvlarda unumli foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 01 iyuldagi 1/177-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi turli g‘oyaviy mavkuraviy xurujlarga qarshi milliy va umuminsoniy qadryatlarning shakllanishi, ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ma’naviy kamolotga erishishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish