Hoshimov Ural Hoshimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gaz uzatish kompressor stansiyalarining energiya samaradorligini oshirish”, 05.05.01 – “Elektr tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T601
Ilmiy rahbar: Ishnazarov Oybek Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Energetika Muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01  
Rasmiy opponentlar: Qarshibaev Asqarbek Ilashovich, texnika fanlari doktori, professor; Berdiev Usan Turdievich, texnika fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Gazni uzatish kompressor stansiyasidagi havoli sovitish qurilmalarini rostlanadigan elektr yuritma asosida energiya samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
havoli sovitish qurilmalaridagi elektr energiya iste’molining ta’sir etuvchi omillari matematik statistika usuli asosida uzaro bog‘liqligi isbotlanib, matematik modeli ishlab chiqilgan;
havoli sovitish qurilmalarining energiya samarador ish rejimi chastotaviy rostalanadigan elektr yuritma asosida ishlab chiqilgan;
chastotaviy rostlanadigan «asinxron motor – ventilyator» tizimining matematik modeli havoli sovitish qurilmalarining ish rejimiga ta’sir etuvchi texnologik omillar asosida takomillashtirilgan; 
havoli sovitish qurilmalarning boshqarish algoritmi guruxli roslash asosida takomillashtirilib,  «asinxron motor – ventilyator» tizimining tarkibiy sxemasi ishlab chiqilgan;
havoli sovitish qurilmalarning ish rejimlarini rostlash usuli o‘zgaruvchan tashqi havo harorati, nisbiy namlik, gaz bosimi va gaz haroratlarini inobatga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Gazni uzatish kompressor stansiyasidagi havoli sovitish qurilmalarini rostlanadigan elektr yuritma asosida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
havoli sovitish qurilmalarni energiya samarador guruhli boshqarish algoritmi “O‘ztransgaz” AJ korxonasiga joriy qilingan (O‘ztransgaz” AJ ning 2020 yil 13 maydagi 04-17/1-41-son ma’lumotnomasi). Natijada Natijada kompressor stansiyalaridagi elektr energiyada bo‘ladigan  isroflarni 5 - 7% kamaytarish imkonini yaratilgan;
havo sovitish qurilmalariga guruhli chastotaviy rostlash usuli “O‘ztransgaz” AJ korxonasiga joriy qilingan (O‘ztransgaz” AJ ning 2020 yil 13 maydagi 04-17/1-41-son ma’lumotnomasi). Natijada sovitish qurilmalar motorlarining ishlash muddatini 6% uzaytirish imkoni yaratilgan;
havo sovitish qurilmalarining boshqarish algoritmi “O‘ztransgaz” AJ korxonasiga joriy qilingan (O‘ztransgaz” AJ ning 2020 yil 13 maydagi 04-17/1-41-son ma’lumotnomasi). Natijada gazni uzatish kompressor stansiyaning elektr energiyaga bo‘lgan iste’moli kamayishi xisobiga yiliga 255 670 000 (ikki yuz ellik besh ming oti yuz etmish ming) so‘m iqtisodiy samaradorlikga erishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish