Egamberdiev Dostonbek Usmonjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shirinmiyadan xalq tabobati uchun biologik faol tovarlar olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K480.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Isaev Yusuf Tojimamatovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K.60.05.
Rasmiy opponentlar: Lutfulin Qaxramon Lutfullaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Dexqonov Raxmatulla Sultonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shirinmiya ildizi va ayrim dorivor o‘simliklar asosida biologik faol qo‘shilma yaratish, ularning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini aniqlash hamda kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha yangi kod raqamlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor shirinmiya (Glycyrrhiza glabra) ildizi asosida anemiya kasalligini davolash va oldini olish hususiyatiga ega bo‘lgan “GEMOPLUS” oziq-ovqat qo‘shilmasi yaratilgan;
“GEMOPLUS” oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidan ajratib olingan biologik faol moddalarning kimyoviy tarkibi zamonaviy metodlar yordamida aniqlangan;
shirinmiya ildizi asosida olingan “GEMOPLUS” nomli oziq-ovqat qo‘shilmasini biologik faolligi toksiko-gigienik kuzatuv natijalari bilan isbotlangan. 
shirinmiya ildizi asosida olingan “GEMOPLUS” nomli biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmasiga kimyoviy tarkibi asosida TIF TN bo‘yicha tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Shirinmiya (Glycyrrhiza glabra) ildizi va ayrim dorivor o‘simliklar asosida BFQ yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Andijon viloyatidagi “VITABIOTIK” hususiy korxonasida “GEMOPLUS” oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlash tizimi tomonidan muvofiqlik sertifikati olingan (UZ.SMT.01.0007.66806862, 2021y., O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya xulosasi, №360006). Natijada, mazkur oziq-ovqat qo‘shilmasini talab darajasida identifikatsiyalash imkonini bergan.
“GEMOPLUS” oziq-ovqat qo‘shilmasi uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha “tarkibida glisirrizin kislotasi, piridoksin, riboflavin, tiamin, B1, B12, B2, PP vitaminlar saqlovchi dorivor o‘simliklar yoki ularning ayrim qismlaridan tayyorlangan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari” uchun – 1212 3000 02 xalqaro kod raqami davlat bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 06 fevraldagi 1/16-006-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi oziq-ovqat qo‘shilmalarini eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish