Xodjaniyazov Elbek Sardorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasini transport xizmatlari bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1861.
Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqaning turistik xizmatlar sohasida transport ta’minotini takomillashtirish mexanizmlari va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turizm xizmatlari bozorida transport ta`minotini rivojlantirishni asoslashda “transport xizmatlari” va “turistik transport xizmatlari” tushunchalari, sayyohlarni tashrifiga ta’sir etuvchi endogen va egzogen omillarni e’tiborga olgan holda ularning ilmiy- nazariy ta’rifi takomillashtirilgan.
Xorazm viloyati turizm sohasida transport xizmatlarini takomillashtirishda transport logistikasi tuzilmasini xizmatlarining sifat parametrlarini “Muhimlik-qoniqish” modeli orqali aniqlash uchun Turizm va transport sohasini muvofiqlashtirish Kengashi tuzish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqada turizm sohasini rivojlantirishda transport tizimini va transport klasterini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishda transport xizmatlarining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasini transport xizmatlari bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Turizm sohasini transport xizmatlari bilan ta`minlashni takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: Turizm xizmatlari bozorida transport ta`minotini rivojlantirishni asoslashda “transport xizmatlari” va “turistik transport xizmatlari” tushunchalari, sayyohlarni tashrifiga ta’sir etuvchi endogen va egzogen omillarni e’tiborga olgan holda ularning ilmiy- nazariy ta’rifi takomillashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 21 yanvardagi 03-17-01/469- son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda qo‘llanilishi mintaqada sayyohlarni tashrifiga ta’sir etuvchi endogen va egzogen omillar e’tiborga olinib turizm transport infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan samarali usullarini ishlab chiqish imkonini bergan.
Xorazm viloyati turizm sohasida transport xizmatlarini takomillashtirishda transport logistikasi tuzilmasini xizmatlarining sifat parametrlarini “Muhimlik-qoniqish” modeli orqali aniqlash uchun Turizm va transport sohasini muvofiqlashtirish Kengashi tuzish yuzasidan asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 21 yanvardagi 03-17-01/469-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi mintaqada sayyohlarning transport xizmatlaridan qoniqish darajasiga ta’sir etuvchi omillarni samarali va tezkor tarzda aniqlashga hamda mavjud turizm transport infratuzilmasini innovatsion yondashuvlar negizida barqarorlashtirishning eng optimal usullarini asoslashga imkon bergan.
mintaqada turizm sohasini rivojlantirishda transport tizimini va transport klasterini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 21 yanvardagi 03-17-01/469-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga qo‘llash natijasida turizm sohasida turli xil transport servislarini o‘zida jamlagan yaxlit raqamli axborot tizimi orqali transport xizmatlari sifati va samaradorligini yanada takomillashtirishga erishilgan.
Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishda transport xizmatlarining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish asosidagi ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 21 yanvardagi 03-17-01/469-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar mintaqada turizm sohasini tezkor sur’atlar bilan rivojlantirish, xalqaro turizm qamrovini kengaytirishga hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan manzilli dasturlar va loyihalar ishlab chiqishda muhim ilmiy-pragmatik ahamiyatga ega.