Gafurova Azizaxon Fatixovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sovershenstvovanie uchyota i audita finansovix rezul`tatov», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1810.
Ilmiy rahbar: To‘ychiev Alisher Jo‘raevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdug‘ofur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy natijalar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni qayta baholashdan daromad/xarajatlar, dividendlar ko‘rinishidagi daromadlarni hisobga olgan holda aksiyadorlik jamiyatlari uchun «Yalpi daromad to‘g‘risidagi» hisobot shakli taklif etilgan;
moliyaviy natijalar axborotning ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida hisob siyosatiga 9431 – «Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi bo‘yicha xarajatlar» ishchi schyotini kiritish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida nazorat riskini kamaytirish, moliyaviy natijalar ichki audit va dalillarning ishonchlilik darajasini aniqlash, va samarali amalga oshirilganligini baholash imkonini beruvchi ichki nazorat so‘rovnomasida «inson omili» ko‘rsatkichini kiritish taklif etilgan;
moliyaviy natijalar auditiga moliyaviy faoliyatga mas’ul xodimlar uchun yaratilgan ish muhitini faoliyat samaradorligiga ta’sirini o‘rganish talabi amalini kiritish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliyaviy natijalar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni qayta baholashdan daromad/xarajatlar, dividendlar ko‘rinishidagi daromadlarni hisobga olgan holda aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy natijasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish uchun «Yalpi daromad to‘g‘risidagi» hisobot shaklini joriy etish bo‘yicha taklif, buxgalteriya hisobotlarini tuzishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 19 apreldagi 06/04-32/1162-son ma’lumotnoma). Natijada, aksiyadorlik jamiyatlarining daromadlari va xarajatlarining to‘liq tarkibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni oshkor qilishga, shuningdek, boshqa yalpi daromadlarni hisobga olish orqali yalpi daromad to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar to‘plashga imkon bergan;
moliyaviy natijalar axborotning ishonchliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida buxgalteriya hisobida 9431 – «Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi bo‘yicha xarajatlar» ishchi schyotidan foydalanish bo‘yicha taklifi «Toshkentdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatini shakllantirishda qo‘llanilgan («Toshkentdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2022 yil 25 fevraldagi 4/90-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida, xarajatlar tarkibini batafsil tahlil qilish, xarajatlarning eng katta moddalarini aniqlash, shuningdek, moliyaviy natijalar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni olish imkonini bergan;
aksiyadorlik jamiyatlarida nazorat riskini kamaytirish, moliyaviy natijalar ichki audit va dalillarning ishonchlilik darajasini aniqlash, va samarali amalga oshirilganligini baholash imkonini beruvchi ichki nazorat so‘rovnomasida «inson omili» ko‘rsatkichini kiritish taklifi «Toshkentdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati ichki audit xizmati tomonidan qabul qilingan («Toshkentdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2022 yil 25 fevraldagi 4/90-son hamda O‘zbekiston Respublikasi auditorlar Palatasining 2022 yil 3 fevraldagi 5-son ma’lumotnomalari). Natijada, ichki audit jarayonida so‘rovnomadan foydalanish, tekshirish jarayoni tezligini oshirgan, audit davomida dalillarni to‘plash uchun so‘rovnomadan foydalanish, xarajatlarni, vaqtni va nazorat riskini kamaytirish, shuningdek, ichki audit sifatini yaxshilash imkonini bergan;
moliyaviy natijalar auditiga moliyaviy faoliyatga mas’ul xodimlar uchun yaratilgan ish muhitini faoliyat samaradorligiga ta’sirini o‘rganish talabi amalini kiritish taklifi «Toshkentdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ichki audit tekshiruvini o‘tkazishda qo‘llanilgan («Toshkentdonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2022 yil 25 fevraldagi 4/90-son hamda O‘zbekiston Respublikasi auditorlar Palatasining 2022 yil 3 fevraldagi 5-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, moliyaviy natijalarni ichki auditning ishlab chiqilgan rejasi va dasturi yordamida asosiy e’tibor va kuchni eng muammoli moddalarni tekshirishga yo‘naltirish va tekshirish uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish imkonini yaratgan.