Siradjev Ilxom Toxirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari maktab direktorlarining moliyaviy faoliyatini takomillashtirish», 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped2050.
Ilmiy rahbar: Sharifxodjaev Usman Ulfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmankulova Nargiz Xadjiakbarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktorlarining moliyaviy faoliyatini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq ta’limi muassasalarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish mexanizmlari direktor jamg‘armasi faoliyatiga jamoatchilik (kuzatuv kengashi) nazoratiga asoslangan tashqi monitoring instrumentini kiritish asosida takomillashtirilgan;
maktab direktorlarining ta’lim sifatiga javobgarlik va mulkiy egalik hissi shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari maktablarning moliyaviy faoliyati va ta’limiy natijalarning direktorning moliyaviy faoliyati samaradorligiga nisbatan o‘zaro korrelyasiyasiga asoslangan baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktorlarining moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmlari xarajatlarni maktabning ta’lim sifatiga qaratilgan har yillik maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishda samarali rejalashtirish va direktorning moliyaviy resurslarni erkin tasarruf etish vakolatiga asoslangan optimallashtirish dasturini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
maktab direktorlarining ta’lim muassasasini boshqarishdagi funksional vazifalariga qo‘yiladigan malaka talablari qo‘shimcha moliyaviy resurslarni hududiy o‘ziga xoslikni inobatga olgan holda aniqlay olish ko‘nikmasi shakllangani talabini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktorlarining moliyaviy faoliyati samaradorligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
xalq ta’limi tizimi rahbarlarining moliyaviy boshqaruv faoliyatida shaffoflik, ochiqlik hamda hisobdorlik tamoyillarini joriy etish maqsadida direktor jamg‘armasi faoliyatini jamoatchilik (kuzatuv kengashi) nazoratiga asoslangan tashqi monitoring instrumenti joriy etishiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 11 maydagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi Namunaviy Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 10 fevraldagi 03-03/1-385-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy faoliyati hisobdorligi va shaffofligini nazoart qiluvchi Kuzatuv Kengashi huquq va vakolatlari aniqlashtirilgan va tasdiqlangan;
maktab direktorlarining ta’lim sifatiga javobgarlik va mulkiy egalik hissi shakllanganlik darajasini aniqlashning takomillashtirilgan mezonlardan “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari rahbarlarini sertifikatsiyalash to‘g‘risida Nizom” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 10 fevraldagi 03-03/1-385-son ma’lumotnomasi). Natijada, amalda faoliyat yuritayotgan maktab direktorlarini menejerlik kasbiy faoliyatini sertifikatsiyalashda moliyaviy kompetentligi shakllanganini baholash mezonlari ishlab chiqilgan.
maktablarda umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish maqsadida maktab xarajatlarini maktabning ta’lim sifatiga qaratilgan maqsadli ko‘rsatkchilariga erishishda maqsadli rejalashtirish va direktorning moliyaviy resurslarni erkin tasarruf etish vakolatini berish hamda shu asosda xarajatlarni doimiy optimallashtirish dasturini joriy etish orqali maktab direktorlarining moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmlari takomillashtirilishi asoslab berilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 10 fevraldagi 03-03/1-385-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 apreldagi 343-son qarori loyihasiga Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir nechta normativ asoslar kiritilgan;
xalq ta’limi tizimi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv faoliyatida moliyaviy kompetentligiga qo‘yiladigan talablardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 apreldagi 243-son Qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom” loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 10 fevraldagi 03-03/1-385-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarda byudjetdan tashqari jamg‘ariladigan mablag‘larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha mexanizm hamda Xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish sxemasi joriy etilgan.