Kiyamov Asror Ziyadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Razrabotka i obosnovanie parametrov katka-grebneobrazovatelya”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2317
Ilmiy  rahbar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02 
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori; Tashtemirov Bekzod Ravshanbekovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi elastik chiviqli g‘altak-pushta-hosilqilgichni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash hisobiga pushtalarni tayyorlash sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
pushtalarni ekishga tayyorlaydigan elastik chiviqlar bilan jihozlangan g‘altak-pushtahosilqilgichning konstruktiv sxemasi kesaklarni intensiv maydalanishi va pushta shakli hisobga olinib ishlab chiqilgan;
g‘altak-pushtahosilqilgichning parametrlari agrotexnik talablarga asosan tuproq kesaklarini maydalash va pushta hosil qilish shartidan kelib chiqqan holda aniqlangan;
g‘altak-pushtahosilqilgich elastik chiviqlarining tuproq bilan o‘zaro ta’siri jarayonini tahlil qilish va konstruktiv parametrlarini asoslash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar g‘altak parametrlari, g‘altakka ta’sir etuvchi tik kuch, kesaklarning fizik-mexanik xossalari va agregatning harakat tezligini hisobga olgan holda olingan;
pushtaolgich bilan g‘altak-pushtahosilqilgich orasidagi masofa pushtaolgich qanotidan tushadigan tuproq zarralarini g‘altak- pushtahosilqilgich qismlariga tushmasligini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: G‘altak-pushtahosilqilgichni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
pushtalarni sifatli tayyorlaydigan g‘altak-pushtahosilqilgichga O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligining foydali modeliga patenti olingan («G‘ildirovchi g‘altak-pushta shakllantirgich», № FAP 01662-2021 y.). Natijada pushtalarga ishlov berish uchun g‘altak-pushtahosilqilgichning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
takomillashtirilgan g‘altak-pushtahosilqilgichga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 02/023-5080-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pushtalar ekishga sifatli tayyorlaydigan g‘altak-pushtahosilqilgichni konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan takomillashtirilgan g‘altak-pushtahosilqilgichli pushtaolgich Qashqadaryo viloyati fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 02/023-5080-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dalalarni pushtali ekishga tayyorlashda yonilg‘i sarfi 1,19 baravarga va ekspluatatsion xarajatlar 25,02 foizga kamayishiga erishilgan;
ishlab chiqilgan takomillashtirilgan g‘altak-pushtahosilqilgichli pushtaolgichning sanoat namunalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ ning loyihalash jarayonlariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi 02/023-5080-sonli ma’lumotnomasi). Natijada parametrlari asoslangan g‘altak-pushtahosilqilgichli pushtaolgichni ishlab chiqarishning imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish