Ergasheva Saida Avazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “San’atga oid bilimlar vositasida o‘quvchilarda milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarni shakllantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped314.
Ilmiy rahbar: Tojiboeva Xilolaxon Maxmutovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kasimova Zebo Xamidovna, pedagogika fanlari nomzodi, dosent
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi san’atga oid bilimlar vositasida o‘quvchilarda milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalari intellektual-ijodiy sifatlarni oshirishga qaratilgan individual ijodiy-variativ topshiriqlarni kiritish hamda bilish faoliyatiga doir pedagogik funksiyalar mazmuni va o‘rganish shakllari dinamikasini oshirib borish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda san’atga oid bilimlar o‘quvchilar badiiy salohiyati o‘sishi va rivojlanishiga hissa qo‘shadigan asarlarni adekvat qabul qilish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish ko‘nikmalari hamda amaliy tajribani boyitish imkoniyatlarini intensiv ravishda kengaytirib borish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarni shakllantirish modeli xayrixohlik va halollik, kamtarlik komponentlariga o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirish hamda kreativ ijodkorlik sifatlarni namoyon qilishni dinamik rivojlantirib borish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning muammoli-didaktik xususiyatlari yangi bilimlarni egallash, uyg‘un muloqot qilish qobiliyati hamda nazariya va amaliyot birligiga asoslangan didaktik tamoyillar bilan integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. San’atga oid bilimlar vositasida o‘quvchilarda milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarni shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalari ijodiy sifatlarini oshirishga qaratilgan individual ijodiy-variativ topshiriqlarni kiritish hamda bilish faoliyatiga doir pedagogik funksiyalar mazmuni va o‘rganish shakllari dinamikasini oshirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan FZ-2016-0909111822-raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” nomli fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 noyabrdagi 02-07-3492/04-son dalolatnomasi). Natijada san’atga oid bilimlar vositasida o‘quvchilarda milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik mexanizmi maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sub’ektlari (maktab va oila)ning hamkorligiga asoslangan faoliyatini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda san’atga oid bilimlar o‘quvchilar badiiy salohiyati o‘sishi va rivojlanishiga hissa qo‘shadigan asarlarini adekvat qabul qilish madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish ko‘nikmalari hamda amaliy tajribani boyitish imkoniyatlarini muntazam kengaytirish asosida takomillashtirishga doir takliflar FZ-2016-0910202206 raqamli “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” nomli fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 noyabrdagi 02-07-3492/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarda milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarni shakllantirish modeli san’atga oid bilimlar vositasida mazmun komponenti, qadriyatli-maqsadli, tashxislovchi natijaviy, refleksiv, sub’ekt-sub’ekt bloklari ijtimoiy-intellektual rivojlanish ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarni shakllantirish modelini xayrixohlik va halollik, kamtarlik komponentlariga o‘z-o‘zini intellektual rivojlantirish hamda kreativ ijodkorlik motivatsiyasini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar FZ-2016-0909111822 raqamli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” nomli fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 noyabrdagi 02-07-3492/04-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarning milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarini shakllantirish imkonini beradigan san’atga oid bilimlar aks etgan didaktik topshiriqlar tizimi ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga doir motivli-qadriyatli, kognitiv, faoliyatli, refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlangan;
o‘quvchilarda milliy va umummadaniy tayanch kompetensiyalarni shakllantirishning muammoli-didaktik xususiyatlari yangi bilimlarni egallash, uyg‘un muloqot qilish qobiliyati hamda nazariya va amaliyot birligiga asoslangan didaktik tamoyillar bilan integratsiyalash orqali takomillashtirishga doir tavsiyalar FZ-2016-0910202206 raqamli “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” (2017-2020 yy.) nomli fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 8 noyabrdagi 02-07-3492/04-son dalolatnomasi). Natijada ushbu mexanizmning pedagogik-psixologik imkoniyatlari individual va kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirilgan.