Matmuratova Rita Zaxidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosolik shifri: «Qoraqalpoq dramaturgiyasida komediyaning evolyusiyasi va janr xususiyatlari», 10.00.12 – «Qoraqalpoq adabiyoti» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil928.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Orazimbetov Quo‘anishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat kursatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Tleuniyazova Gulmira Bayniyazovna, filologiya fanlari doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot iomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq adabiyotida komediyaning evolyusiyasi, janr xususiyatlari va uning dramatik janrlar tizimida tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qoraqalpoq komediyasining shakllanishi va taraqqiyotiga qadimiy qo‘lyozma manbalar, xalq og‘zaki ijodi namunalari va adabiy ta’sir singari omillar sabab bo‘lganligi aniqlangan;
zamonaviy qoraqalpoq komediyasi poetikasida shaxsning hayotiy falsafalari va umuminsoniy g‘oyalar talqini yetakchilik qilayotgani va mazkur janr tarkibida intermediya, fars, yumoristik, satirik, tragikomedik turlarning mavjudligi isbotlangan;
komedik asarlarda syujet va kompozisiya tuzishda individuallik hamda noan’anaviy tasvirdagi o‘ziga xoslik afisha, parda, sharoit va harakat ekspozisiyasi, so‘zlar tizimi, sahna orti tovushlari, dramatik muqaddima hamda echimning badiiy xususiyatlari ochib berilgan;
qoraqalpoq komediyalaridagi konfliktning badiiy funksiyasida shaxs va ijtimoiy hayotning ziddiyatlari botiniy fojia, mag‘lubiyatda shaxsning ma’naviy kamoloti hamda zafariyati tajassum topganligi ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq komediyasining evolyusiyasi va janr xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qoraqalpoq komediyasining taraqqiyot bosqichlarining davrlashtirilishi va janriy tasnifi bo‘yicha ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq qilish» (2012-2016 yy.) fundamental tadqiqot ishlarida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 30 sentyabrdagi 266-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq komediyasining qoraqalpoq adabiyotshunosligida o‘rganilish holati bo‘yicha ma’lumotlar takomillashtirilgan, qoraqalpoq adabiyotshunosligining komediya janri badiiy-estetik xususiyatlariga bog‘liq ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
konflikt va remarkaning komediya janr tabiatidagi badiiy-estetik vazifalari haqidagi ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan yosh ijodkorlar seminarlariga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 22 oktyabrdagi 128-son ma’lumotnomasi). Natijada, komediya janrining poetik tabiati yosh ijodkorlarning komediya yozish iqtidorini shakllantirishiga asos bo‘lgan;
komediya janrini mavzuviy guruhlarga ajratish hamda komedik asarlarda syujet va kompozisiyaning badiiy birliklari haqidagi ilmiy xulosalardan «Qoraqalpog‘iston» radiokanalining «Xayrli tong», «Ta’limda reforma» eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 10 iyundagi 01-02/296-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodning badiiy qiziquvchanligini yanada kuchaytirish va kitobxonlik madaniyatini o‘stirishda, ularni vatanparvarlik, milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda, milliy o‘zlikni anglashida amaliy ahamiyat kasb etgan.