Raxmatullaeva Oygul Umarovna 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali gepatit bilan kasallangan bemorlarda tish olingandan keyingi asoratlarning oldini olish va davolash», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1338.
Ilmiy rahbar: Shomurodov Kaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Perova Marina Dmitrievna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Amonulloev Rustam Azimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali gepatit bilan xastalangan bemorlarda tishlar ekstraksiyasidan keyingi erta asoratlarni oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali gepatiti mavjud bo‘lgan bemorlarda, yuz-jag‘ soxasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan gemorragik asoratlarni oldini olish maqsadida, tish ekstraksiyasidan avval fibrinoliz va qon ivish tizimi trombozining asosiy tarkibiy qismlarini bir vaqtning o‘zida tashhislash isbotlangan;
murojaat kunida og‘iz bo‘shlig‘i gigiena darajasini tiklash va gemostaz tizimi ko‘rsatkichlarini baholashda yuqori diagnostik ahamiyati isbotlangan;
tish ekstraksiyasidan keyingi qo‘llaniladigan gemostatik xususiyatiga ega shimgich yuz-jag‘ sohasidagi yumshoq va suyak to‘qimalarida turli xil asoratlarning og‘iz bo‘shlig‘idagi klinik belgilarini kamayishiga olib kelishi isbotlangan;
asoratning klinik kechishi shakliga bog‘liq ravishda tish olishdan keyingi gemorragik asoratlarni oldini olishda gemostatik shimgichni qo‘llanilishi, tish katakchasini o‘rab turuvchi to‘qimalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali gepatit bilan xastalangan bemorlarda tish olingandan keyingi asoratlarning oldini olish va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali gepatit bilan xastalangan bemorlarda tish olingandan keyingi yiringli-yallig‘lanish asoratlarni erta tashxislash, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Virusli gepatit bilan xastalangan bemorlarda tish olishdan keyin gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari dinamikasini tahlil qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/957-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gepatit bilan xastalangan bemorlarning stomatologik salomatligini yaxshilash, tish katakchasini asoratlarsiz bitishini qisqartirish imkonini bergan;
bemorlarda virusli gepatitni erta tashxislash usulini aniqlashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Virusli gepatit bilan xastalangan bemorlarda tish olishdan oldin sitokin profili va sitoliz fermentlari holatini tashhislash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/958-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali gepatit bilan xastalangan bemorlarda yuz-jag‘ sohasidagi asoratlarning sabablarini aniqlash, tashhislash va yallig‘lanish jarayonlarining oldini olish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi hamda Buxoro tibbiyot instituti klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 martdagi 8n-d/81-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi gepatit bilan xastalangan bemorlarning stomatologik salomatligini yaxshilash, tish katakchasini asoratlarsiz bitishini qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish