Tuxtamishev Shuxrat Shermanovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaharlarda shovqinlar tarqalishi xaritalarini tuzish uslubiyatlarini takomillashtirish va ma’lumotlarni geomodellashtirish”, 11.00.06–Geodeziya. Kartografiya (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.1.PhD/T2173.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Suyunov Abdusali Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc. 03/30.12.2021. T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: geografiya fanlari doktori, professor Abbasov Subxon Burxonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Abdullaev To‘lqin Mansurovich.
Yetakchi tashkilot - Toshkent davlat texnika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aholi zich joylashgan shaharlarda shovqinning tarqalishi darajasini baholash va xaritalashning geodezik va matematik usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand shahar ko‘chalarida shovqin tarqalishini kuzatish, tahlil qilish hisobiga geoinformatsion shovqin xaritasini tuzish uchun geodezik tayanch asoslari zamonaviy geodezik asboblar asosida takomillashtirilgan; 
geografik axborot texnologiyalaridan foydalanib, shahar ko‘chalari xududidagi shovqinga tegishli ma’lumotlar bazasi yaratilishi asosida shovqinni fazoviy tarqalishi modellashtirilgan;
Samarqand shahrining shovqin ko‘rsatkichlarini tadqiq qilishda fazoviy tahlil ma’lumotlari, modellashtirish va vizuallashtirish hisobiga shovqin tarqalish xaritasining matematik, geodezik asoslari takomillashtirilgan;
PANORAMA dasturida fazoviy ma’lumotlar integratsiyasi asosida shahar ko‘chalaridagi shovqin tarqalish xaritasi ilk bor yaratilib, maxsus shartli belgilar tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaharda shovqinlar tarqalishi xaritalarini tuzish, uslublarini takomillashtirish va ma’lumotlarni geomodellashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Samarqand shahar ko‘chalarini shovqin tarqalishini kuzatish va tahlil qilish hisobiga shaharning Registon, Mirzo Ulug‘bek, Rudakiy ko‘chalarida zamonaviy geodezik asbob (GPS) asosida geodezik asoslar yaratilib tadqiq qilinganligi va natijaviy geoinformatsion shovqin xartasini tuzish ilmiy-amaliy jihatdan asoslanganligi “O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentli”gi tizimidagi geodeziya va kartografiya korxonalarida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligining 2021 yil 26 mart 03-08-974-son ma’lumotnomasi). Natijada ekologiya sohalari uchun shaharda shovqin tarqalish kartalari ishlab chiqilgan;
Samarqand shahrining sershovqin ko‘chalarida shovqin ko‘rsatkichlarini o‘lchash asosida shovqin tarqalish xaritasining geodezik, kartografik asoslari “O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentli”gi tizimidagi geodeziya va kartografiya korxonalariga joriy etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligining 2021 yil 26 mart 03-08-974- son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand shahrining sershovkin ko‘chalarida shovqin tarqalishi xaritalari yaratib insoniyatga salbiy ta’sir etuvchi omillarni kamaytirish imkonini bergan;
PANORAMA dasturida fazoviy ma’lumotlar integratsiyasi asosida shovqin tarqalish xartasi ilk bor yaratilgan “O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentli”gi tizimidagi geodeziya va kartografiya korxonalarida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligining 2021 yil 26 mart 03-08-974- son ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradolik 42 400 000 (qirq ikki million to‘rt yuz ming) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish