Sayt test rejimida ishlamoqda

Egamnazarov Georgiy Anatol`evichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p simli elektr uzatish liniyalarida simmetrik bo‘lmagan qisqa tutashuv toklarini hisoblash uchun takomillashtirilgan algoritmlarni ishlab chiqish», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T94.

Ilmiy rahbar: Sitdikov Rashid Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.

Rasmiy opponentlar: Gayibov To‘lqin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzabaev Akrom Mahkamovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p simli havo elektr uzatish liniyalardagi yashindan himoyalovchi trosslarni tanlash uchun trassaning butun uzunligi bo‘yicha parametrlarini inobatga olish imkonini beradigan takomillashtirilgan algoritmlarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

nosimmetrik qisqa tutashuv holatlarda simlardagi toklarning hisob qiymatlarini ko‘p simli havo elektr uzatish liniyalarning parametrlariga (tayanch o‘lchamlari, tayanchlararo masofalar uzunligi, faza simlari va yashindan himoyalovchi trosslari) bog‘liqligi siyrak matrisalarni qo‘llash asosida aniqlangan;

havo elektr uzatish liniyalarida yashindan himoyalovchi trosslarning ekvivalent qarshiliklari tayanchlarning zaminlash umumiy qarshiliklari asosida takomillashtirilgan;

yashindan himoyalovchi trosslarning nosimmetrik qisqa tutashuv toklariga nisbatan termik turg‘unligini hisoblash algoritmi havo elektr uzatish liniyalarini ko‘p simli tizimda keltirilganligi asosida takomillashtirilgan;

ichki optik kabelga ega yashindan himoyalovchi trosslarda nosimmetrik qisqa tutashuv holatlaridagi toklar qiymatlarini kamaytirish, nimstansiya tayanchlarida zaminlash qarshiliklarini izolyasiyalash asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ko‘p simli havo elektr uzatish liniyalarida simmetrik bo‘lmagan qisqa tutashuv toklarini hisoblash uchun takomillashtirilgan algoritmlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

havo elektr uzatish liniyalarining yashindan himoyalovchi trosslarini tanlash uchun takomillashtirilgan algoritmlari 500 kVli «Sirdaryo» IES – «Novo Angren» IES havo liniyasini loyihalashtirishda joriy qilingan («O‘zbekenergo» AKning 2017 yil 4 sentyabrdagi RM-01-21/6928-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi havo elektr uzatish liniyaning barcha qismlari uchun parametrlarini inobatga olgan holda nosimmetrik holatlardagi toklarning hisob aniqligini ko‘tarish imkonini bergan;

yashindan himoyalovchi trosslarning ekvivalentlarini hisoblash algoritmlari 500 kVli «Sirdaryo» IES – «Novo Angren» IES havo liniyasini loyihalashtirishda joriy qilingan («O‘zbekenergo» AKning 2017 yil 4 sentyabrdagi RM-01-21/6928-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining qo‘llanilishi havo elektr uzatish liniyasining uzunligi bo‘ylab tayanchlarning zaminlash qarshiliklarini inobatga olgan holda umumiy hisoblashlar sonini kamaytirish imkonini bergan;

ichki optik kabelga ega yashindan himoyalovchi trosslarning energiya va resurstejamkor ish rejimilari 500 kVli «Sirdaryo» IES – «Novo Angren» IES havo liniyasini loyihalashtirishda joriy qilingan («O‘zbekenergo» AKning 2017 yil 4 sentyabrdagi RM-01-21/6928-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi loyihalash jarayonida ichki optik kabelga ega yashindan himoyalovchi trosslarning yuzasini kichiklashtirish va loyiha mablag‘larini 27%ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish