Azimova Ozoda Tal’atovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agressiv gipofiz adenomalari, klinik immunologik, moleklyar-genetik jihatlari», 14.00.03 –Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1629.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akad. Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Gul`nara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Najmutdinova Dilbar Kamaridinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agressiv gipofiz adenomalarining klinik, immunologik, molekulyar-genetik jihatlarini baholash, ularni tashxislashning optimal yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor olingan ma’lumotlar asosida Knops tasnifi bo‘yicha agressiv gipofiz adenomalarining klinik va vizual xususiyatlari aniqlangan;
VEGFA, HIF-1α, TP53-2, IL-17A gen polimorfizmlari allellari va genotiplarining tarqalish darajasi, adenomalarning invaziv o‘sishi va gormonal faollik ko‘rsatkichlarining agressiv gipofiz adenomalar kelib chiqishidagi o‘rni baholangan;
agressiv gipofiz adenomasining rivojlanishida klinik, gormonal, vizual va molekulyar genetik omillar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
Knops tasnifi, genetik, klinik ko‘rsatkichlar bo‘yicha xamda vizual xususiyatlarini baholash orqali agressiv gipofiz adenomasini erta tashxislash takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agressiv gipofiz adenomasi bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agressiv gipofiz adenomasini erta tashxislashda zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Agressiv gipofiz adenomasini erta tashxislashda zamonaviy yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 8n-z/66-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma Sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi va ikkilamchi bo‘g‘inida faoliyat yuritib kelayotgan oilaviy shifokor va endokrinologlarga mo‘ljallangan bo‘lib, undagi tavsiyalar agressiv gipofiz adenomasi bo‘lgan bemorlarni zamonaviy tashxislash va davolash usullarini joriy etish imkonini bergan;
agressiv gipofiz adenomasi bilan og‘rigan bemorlarni erta tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahar va Andijon viloyati endokrinologiya dispanserlarida amaliyotga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 maydagi 08-12711-son xulosasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etilishi agressiv gipofiz adenomasi bilan og‘rigan bemorlarning salomatlik holatini o‘z vaqtida nazorat qilish, o‘smalarning massiv, agressiv o‘sishi natijasida kelib chiqadigan asoratlarni bartaraf etish orqali hayot sifatini o‘z vaqtida yaxshilash va shu bilan birga nogironlik hamda o‘lim xavfini kamaytirish imkonini bergan.