Ravshanov Jamshid Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issledovanie protekaniya strukturnoy prisposablivaemosti metallorejushhego instrumenta pri udarnix i prerivistix usloviyax rezaniya», 05.02.05–“Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar” ixtisosligi.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2391.
Ilmiy rahbar: Mardonov Baxtiyor Teshaevich, texnika fanlari doktori, professor v.b.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor; Umarov Tolib Umarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.     Tadqiqotning maqsadi: Zarbli va uzlikli kesish sharoitida ishlaydigan metall kesuvchi asboblarining turg‘unligi va ishonchliligini oshirishdan iborat.
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tishli g‘ildiraklarga ishlov berishda, ikkilamchi kontakt strukturalarining shakllanish jarayoniga ta’siri asosida tish kesuvchi asbobning ishchi yuzalarini mustahkamlash usuli ishlab chiqilgan;
o‘rnatilgan qonuniyatga muvofiq tish kesuvchi asbobning ishchi yuzasida ikkilamchi kontakt strukturalarni shakllantirish va kesish paytida asbobning ishchi yuzasi mustaxkamligini oshirish jarayoni tadqiq qilingan.
tishlarga ishlov beruvchi asbob ishchi yuzasining eyilishga chidamliligini oldindan moslashtirish orqali oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan.
oldindan moslashtirilgan kesuvchi asboblarni ekspluatatsiya qilishda yuqori samaradorlikni ta’minlovchi kesish rejimlarini tanlashning nazariy asoslari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zarbli va uzlukli kesish sharoitlarida metall kesuvchi asbobning strukturaviy moslanuvchanligining kechishini tadqiq qilishda olingan ilmiy natijalar asosida: 
kesuvchi asbobning ishchi sirtlarida oshirilgan tribotexnik xususiyatlarga ega kontakt strukturalarni hosil qilishni ta’minlovchi kesishning optimal rejimlarini aniqlash metodikasi «NKMK» DK NMZ IChBda joriy qilindi (“NGMK” davlat korxonasining  2021 yil 29 sentyabrdagi 02-06-07/9520-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lum kesish rejimlarida kesish tezligini 9-11% ga oshirish imkonini bergan;
har-xil sharoitlarda qo‘llaniladigan, fasonli, tish qirquvchi va shlisa hosil qiluvchi kesuvchi asboblarini oldindan moslashtirish rejimlari «NKMK» DK NMZ IChB da joriy qilindi (“NGMK” davlat korxonasining  2021 yil 29 sentyabrdagi 02-06-07 / 9520-son ma’lumotnomasi). Natijada, kesuvchi asbobning xizmat qilish muddatini 10-12% ga oshirish imkonini bergan;
kesuvchi asbobning oldindan moslashtirish rejimlarini optimallashtirish metodikasi «NKMK» DK NMZ IChBda joriy qilindi (“NGMK” davlat korxonasining  2021 yil 29 sentyabrdagi 02-06-07 / 9520-son ma’lumotnomasi). Natijada resurslarning solishtirma sarfini 7-10% ga qisqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish