Qayumov Baxrom Abdullajonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Benzinli dvigatellar injektorli ta’minot tizimi eksplutatsion ishonchliligini oshirish», 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T156.

Ilmiy rahbar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.

Rasmiy opponentlar: Qodirov Sarvar Muqadirovich, texnika fanlari doktori, professor; Asqarxodjaev To‘lqun Ishonovich, texnika fanlari doktori, professor;

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: issiq yo‘l-iqlim sharoitida avtomobillar benzinli dvigatellarining injektorli ta’minot tizimi ekspluatatsion ishonchliligini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

injektorli ta’minot tizimining ishonchlilik ko‘rsatkichlarining tarqalish zichligining o‘zgarish qonuniyati atrof-muhit ta’sirini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;

atrof-muhit ta’sirida yonilg‘ining oksidlanish tezligi o‘zgarishining ishonchlilikni limitlovchi elementlar buzilish jadalligiga bog‘liqligi aniqlangan;

injektorli ta’minot tizimi resursini prognozlash uchun ishdan chiqish vaqtlarining miqdoriy qiymat o‘zgarishlari aniqlangan;

ishonchlilikni limitlovchi elementlar texnik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Injektorli ta’minot tizimi ekspluatatsion ishonchliligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

avtomobillar benzinli dvigatellari injektorli ta’minot tizimi ekspluatatsion ishonchliligini oshirish usuli “O‘zavtosanoat” AJ korxonalariga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJning 2017 yil 6 noyabrdagi 45/01-25-3631-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida aniqlangan texnik xizmat ko‘rsatish muddatidan foydalanilganda  injektorlarni 12-17%ga, yonilg‘i nasoslari 21–28%ga  buzilmasdan ishlashini oshirish va ehtiyot qismlarga bo‘lgan talabni ikki barobarga kamaytirish, avtomobillar yonilg‘i ta’minot tizimi umumiy xizmat muddatini 19% oshirish imkonini bergan;

benzinli dvigatellar injektorli ta’minot tizimi elementlari  va yonilg‘i nasoslari elim qatqaloqlar paydo bo‘lish jarayonini oldini olish usuli “TOSHAFUS” QK MChJga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” kompaniyasining 2017 yil 6 noyabrdagi 45/01-25-3631-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida injektorlarni ishdan chiqishgacha ishlash muddati 27%gacha, yonilg‘i nasoslarini ishdan chiqishgacha ishlash muddati 22%gacha kamayishini aniqlash imkonini bergan;

dvigatellarning injektorli ta’minot tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish muddatini aniqlash splayn-funksiya usuli “O‘zavtosanoat” AJ korxonalariga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJning 2017 yil 6 noyabrdagi 45/01-25-3631-son ma’lumotnomasi). Natijada hisoblash ishini amalga oshirish vaqtini 32%ga, mehnat unumdorligini 26%gacha oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish