Ibragimov Utkir Nurmamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kartografik kompetentligini shakllantirish tizimini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2246.
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, professor; Sultanov Murodjon, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarini kartografik kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kartografik tahlil, kartografik mahsulot tayyorlash ko‘nikmasi, kartografik generalizatsiyalash kabi kartografik kompetentlik ko‘rsatkichlarini rivojlantirish mazmuni pedagogik loyihalashtirishning ixtirochilik, modellashtirish va eksperimental komponentlarini fanga oid, yoshga oid, nazariya va amaliyot birligi kabi didaktik tamoyillar bilan integratsiyalash orqali boyitilgan;
oliy ta’limda kartografiya fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi o‘quv jarayoniga Veb-kvest va Sase-Studu metodlarini fanning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda kiritish orqali uch o‘lchovli o‘quv vositalari hamda virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalana olish darajalari aniqlashtirilgan;
kartografiya fanining tarkibiy va mantiqiy modeli 3D terrain, ArcGIS, MapInfo, Earth Explorer kabi grafikli dasturlarni qo‘llash, bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining shaxsiy-kasbiy hamda kartografik kompetentligi orqali motivatsiyani qo‘zg‘atuvchanligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kartografik kompetentlikni takomillashtirish jarayoniga vizuallikni oshiradigan virtual ta’lim texnologiyalarini va uch o‘lchovli (3D) modellarni kiritish asosida pedagogik protseduralar, operatsiyalar va uslublar ketma-ketligiga ega bo‘lgan kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi o‘qitish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kartografik kompetentligini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kartografik kompetentligini shakllantirish ta’minlashda pedagogik loyihalashtirishning ixtirochilik, modellashtirish va eksperimental komponentli imkoniyatlari aniqlashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihasidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 4 noyabrdagi 02-07-3428/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kartografik komponentlari imkoniyatlarini aniqlashtirishga erishilgan;
oliy ta’limda geografiya fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasini interfaol metodlar (Veb-kvest, Sase-Study) da didaktik elektron ta’lim resurslar (uch o‘lchovli o‘quv vositalar, virtual ta’lim texnologiyalar, taqdimotli dasturlar) ni o‘quv bosqichlari hamda kartografik kompetentligiga ko‘ra intergatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar YoA-6-1 raqamli “Botanika o‘quv qo‘llanmasini yaratish” nomli yosh olimlar amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 4 noyabrdagi 02-07-3428/04-son dalolatnomasi). Natijada, geografiya fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasini interfaol metodlari va didaktik elektron ta’lim resurslarini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kartografik kompetentligi shakllantirish metodikasi grafikli dasturlar hamda markazlashtirish, refleksivlik, natijaviylik, ko‘p omillik, moslashtirish, tabiiy rivojlanish tamoyillari asosida takomillashtirishga oid takliflari PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 4 noyabrdagi 02-07-3428/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kartografik kompetentligi rivolantirishga erishilgan;
bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kartografik kompetentligini shakllantirishda virtual ta’lim texnologiyalarni va uch o‘lchovli modellarni joriy etishga oid ishlab chiqilgan tavsiyalar A-1-230 raqamli “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” darsligi va “Ekologik o‘lkashunoslik” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 4 noyabrdagi 02-07-3428/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak geografiya o‘qituvchilarining kartografik kompetentligi shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan.