Davulov Ozodj Qalandarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning jismoniy sifatlarini differensial metodikalar asosida rivojlantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped277.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti. 
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat unversiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning jismoniy sifatlarini differensial metodikalar asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish bosqichlari tarkibi tabaqalashtirilgan o‘qitish usullarining (vizual va instrumental) bilish faolligi ko‘rsatkichlariga (mo‘tadillik, ishtiyoq, anglanganlik, ijodiy namoyon, xulq-atvor, o‘quv vazifasi) ta’sirini ochib berish asosida aniqlangan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati “differensiallik”, “differensial metodikalar” atamalarini diagnostik, shakllantiruvchi va xulosaviy baholash kabi pedagogik shart-sharoitlar asosida aniqlashtirilgan;
jismoniy sifatlarni rivojlantirishning differensial metodikalari (dinamik va statik) jismoniy mashq va topshiriqlarning funksional darajalarini undovchi, nazariy, rivojlantiruvchi, oshiruvchi sifatida tabaqalashtirish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi funksional va interaktiv o‘quv metodik ta’minoti siklik yondashuvlarni (mikro, mezo, makro) o‘z ichiga olgan differensial mashqlar orqali jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi virtual ishlanmalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning jismoniy sifatlarini differensial metodikalar asosida rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati, “differensiallik”, “differensial metodikalar” atamalari, pedagogik shart-sharoitlarga (diagnostik, shakllantiruvchi va xulosaviy baholash) oid takliflardan “Jismoniy madaniyat va sport” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-son buyrug‘i asosidagi nashr guvohnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari texnika yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarning jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lishlariga erishilgan va ularning kasbiy kompetensiyalarini tashkil qiluvchi sog‘lom turmush tarzini belgilovchi komponentlar asosida rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarda jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi funksional va interaktiv o‘quv metodik ta’minoti, sikllik yondashuvlarni (mikro, mezo, makro) o‘z ichiga olgan differensial mashqlar orqali jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi ilmiy ishlanmalar “Jismoniy tarbiya va sport” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i asosidagi nashr guvohnomasi, O‘zR Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 30 iyuldagi 3718-son guvohnoma). Natijada “Jismoniy madaniyat” o‘quv bloki takomillashtirilgan, talabalarning sport ishlariga qiziqishini oshirishga imkoniyat yaratilgan;
talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish bosqichlari, tarkibi tabaqalashtirilgan o‘qitish usuli (vizual va instrumental), bilish faolligi ko‘rsatkichlari (mo‘tadillik, ishtiyoq, anglanganlik, ijodiy namoyon, xulq-atvor, o‘quv vazifasi)ga oid takliflardan FZ-2016-0910202206 – “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2020 yil 15 sentyabrdagi 01/15-09/74-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim- tarbiya mazmuni va pedagogik profilaktika texnologiyalarini tanlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
jismoniy sifatlarni differensial metodikalari (dinamik va statik), jismoniy mashq va topshiriqlarning funksional darajalarini (undovchi, nazariy, rivojlantiruvchi, oshiruvchi) tabaqalashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Engil atletika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 06 oktyabrdagi 522-son buyrug‘iga asosan 522-073-qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan guvohnoma). Natijada “Jismoniy madaniyat” o‘quv bloki takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish