Yuldasheva Nasiba Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlik davrida paradont kasalliklarini davolash va profilaktikasi», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib89.
Ilmiy rahbar: Irsaliev Xusnutdin Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Vikram Blaggana, tibbiyot fanlari doktori, professor (Hindiston); Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Shimoliy Karolina universiteti (AQSh).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlardagi parodontitning patogenetik mexanizmlarini aniqlash orqali profilaktik hamda davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ayollarda homiladorlikning 30-, 90-, 180- va 270-kunlarida parodontit rivojlanishidagi qisqa va keng tarmoqli tarqalgan shakllarida og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlaridagi salbiy o‘zgarishlar asoslangan;
POL-AOS jarayonlari ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali yallig‘langan-destruktiv zararlanishlarning og‘irligi, davo choralari va generalizatsiyalangan parodont zararlanishining oldini olish samaradorligi isbotlangan;
homiladorlarda og‘iz bo‘shlig‘ining parodontitning oldini olishga qartilgan profilaktik davolash usuli ishlab chiqilgan;
paradontit rivojlanishining aniqlangan patogenetik mexanizmlari orqali homiladorlarda paradontit kasalligini davolash samaradorligi takomillashtirilgan;
homiladorlarda paradontit kasalligining oldini olishda mikroblarga qarshi mikrotsirkulyasiyani yaxshilash hamda davolashga zamonaviy yondashuv shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homiladorlik davrida parodontit kasalliklarining oldini olish va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Parodont kasalliklarining individual xavf omillarini bashoratlash asosida homiladorlarga davo-profilaktik stomatologik yordamni optimallashtirish» nomli uslubiy qo‘llanmasi sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 22 yanvaragi 8n-d\\79-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma homiladorlik davridagi ayollarda paradontit kasalligi sabablarini erta tashxislash, aniqlash va kasallik asoratlarining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirishga imkon bergan;
homiladorlik davrida pardotit kasalligini tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent shahri Olmazor tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasi va Toshkent viloyati Perinatal markazi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 20 noyabrdagi 8n-z\\36-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinish natijasida homiladorlik davridagi remissiya muddatlarini uzaytirish va tug‘ruqdan keyingi davrlarda parodontit kasalligining yallig‘lanish-destruktiv jarayonlarining chuqurlashuvini 4 barobar kamaytirish imkonini bergan.