Ulugova Shoxida Shoxruxovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Feministik badiiy matnda metafora faollashuvining kognitiv-stilistik jihatlari (“Jeyn Eyr” romani asosida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1213.
Ilmiy rahbar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped83.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muxammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Muxitdinova Nazira Botirxonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnda metaforalar voqelanishini ta’minlovchi lisoniy va nolisoniy omillar munosabatini, badiiy mazmun ifodasining kognitiv-stilistik asosini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metafora hodisasi tabiatini yoritishda roman matnida faollashgan life is journey, love is a wild animal kabi konseptual metaforalar asosida kognitiv nazariya tamoyillariga murojaat qilish mahsuldor ekanligi isbotlangan;
metaforik tuzilmalar badiiy matnda hosil bo‘ladigan mavzu rivojiga pragmatik-estetik jihatdan hissa qo‘shishi bilan birgalikda, asarning uslubiy shakl olishiga ta’sir ko‘rsatishi dalillangan;
matnda metaforaning aynan kognitiv strukturalar zamirida shakllangan turi faollashuvi asar umumiy g‘oyasi hamda personajlar dunyoqarashi bilan muqobillashuvi aniqlangan;
metaforalarning turli ijtimoiy, madaniy, tabiiy va o‘zaro muloqot muhitlari bilan bog‘liq holda shakllanadigan kognitiv, konseptual turlari diskursning rivoji va tushunarli bo‘lishi uchun sharoit yaratishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konseptual metaforalarning badiiy asar matnida muallifning lingvokreativ faoliyatiga mos ravishda voqelanishining kognitiv–stilistik va pragmatik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha erishilgan ilmiy amaliy natijalar asosida:
metaforik tuzilmalarning matnning uslubiy–funksional xususiyatlarini shakllanishi bilan bog‘liq jihatlari tahlili natijalaridan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilga. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2020 yil 9-noyabrdagi 2046/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativ qobiliyatini oshirish, adabiyotshunoslikka oid bilimlarini boyitish hamda ta’lim tizimini barqarorlashtirish maqsadida yangitdan yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar materiali qamrov ko‘lami kengaygan;
kognitiv metaforalarga mansub insonning ichki dunyosi, ruhiy holati, dunyoqarashi, hayotga munosabatini aks ettiruvchi metaforalarning qiyosiy tahliliga oid xulosalardan I–204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik fanlaridan axborot–texnologiyalar asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar instituti 2021 yil 27-yanvaridagi 232/30.02.01-son ma’lumotnoma). Natijada, matnda metafora faollashuvining kognitiv–stilistik jihatlarini tavsiflashga yo‘naltirilgan tahlil usullari “Xorijiy mamlakatlar adabiyoti”, “Lingvistik tahlil metodlari”, “Lingvistik pragmatika”, “Kognitiv tilshunoslik” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishga xizmat qilgan;
badiiy konsept va uning zamirida hosil bo‘ladigan metaforaning badiiy ijod jarayonidagi mohiyati va uning asar qahramonlari dunyoqarashiga xoslanishi borasidagi fikrlardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Samarqand sadosi” radioeshittirishida 2020 yil 19 noyabr` kuni efirga uzatilgan eshittirishi ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 19noyabrdagi 09-01/337-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu turkumdagi eshittirishlarning ilmiy–ommabopligi ta’minlangan va ular yangi manbalar bilan boyitilgan.