Mambetniyazova Almagul Xakimniyazovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Hozirgi zamon nemis tilida to‘ldiruvchilarning ajratilgan bo‘lak sifatida bajarib keladigan kommunikativ-pragmatik funksiyalari”, 10.00.04-Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1285.
Ilmiy rahbar: Begmatov Muxtor, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Baxodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Anvar Botirovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tavsiya etilsin.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘ldiruvchilarning ajratilgan bo‘lak sifatida bajarib keladigan kommunikativ-pragmatik funksiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ajratilgan bo‘laklar gap pragmatik mazmunini kengaytirish, adresatga uzatilayotgan axborot tarkibidagi ma’lumotga uning e’tiborini jalb etish hamda fikrni konkretlashtirish funksional xususiyatlariga egaligi aniqlangan;
adresat va adresant muloqoti jarayonida alohida ta’kidlangan gap bo‘lagining ajratilgan bo‘lak sifatida qo‘llanilishi gap remasini ifodalashda afzalliklarga egaligi ochib berilgan;
matn mazmunining ajratilgan bo‘laklar vositasida shakllantirilishi, adresantning voqea tasviri jarayonida o‘z his-tuyg‘usi, emotsional holatini aks ettirish omili ekanligi isbotlangan;
to‘ldiruvchining ajratilgan bo‘lak sifatida qo‘llanilishi uning gapda turli semantik, sintaktik va stilistik-kommunikativ hamda pragmatik ma’no ifodalovchi vositalar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis tili materiallari asosida to‘ldiruvchilarning ajratilgan bo‘lak sifatida bajarib keladigan funksiyalari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ajratilgan bo‘laklar gap pragmatik mazmunini kengaytirish, adresatga uzatilayotgan axborot tarkibidagi ma’lumotga e’tiborni jalb etish hamda fikrni konkretlashtirish funksional xususiyatlariga egaligi haqidagi xulosalardan O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining F1-FA-0-13229 raqamli “Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiy tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 31 martdagi 61/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, tilshunos-mutaxassislarning sintaksis sohasidagi, gap ma’nosining pragmatik kengaytirilishi, kommunikativ funksiyalaridan foydalanishda so‘z boyliklarining kengayishiga tegishli ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qilgan;
adresat va adresant muloqoti jarayonida alohida ta’kidlangan gap bo‘lagining ajratilgan bo‘lak sifatida qo‘llanilishi gap remasini ifodalashda afzalliklarga egaligi xususidagi xulosa va echimlardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Gao‘har sөzler” ko‘rsatuvi va “Tilge itibar-elge itibar” eshittirishi ssenariyalarini tayyorlashda targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2021 yil 2 martdagi 01-021-126–son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyitilgan, ularning ommabopligi, ilmiyligi ta’minlangan;
matn mazmunining ajratilgan bo‘laklar vositasida shakllantirilishi, adresantning voqea tasviri jarayonida o‘z his-tuyg‘usi, emotsional holatini aks ettirish omili ekani haqidagi xulosalardan “Studieren und Forschen in Deutschland für Interessierte aus Usbekistan” xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkentdagi GFR elchixonasining 2021 yil 5 martdagi ma’lumotnomasi). Natijada, mutaxassilik vakillariga taqdim etilgan tavsiyalar asosida nemis tili o‘qituvchilarining sintaksis sohasidagi nazariy va amaliy bilimlari boyitilishiga erishilgan;
to‘ldiruvchining ajratilgan bo‘lak sifatida qo‘llanlishi uning gapda turli semantik, sintaktik va stilistik-kommunikativ hamda pragmatik ma’no ifodalovchi vositalar ko‘rinishida namoyon bo‘lish usullari haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali o‘quv jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali 2021 yil 6 maydagi 6-son ma’lumotnomasi). Natijada, til o‘rganuvchilarga tilshunoslikdagi sodda gap tarkibining murakkablashish xususiyatlari va ajratilgan bo‘laklar yordamida gapning semantik ma’nosi konkretlashtirilishi va ajratish hodisasining nemis va qoraqalpoq tillarida ifodalanishi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etilgan.