Isroilov Maxamadjon Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida ta’lim va ijtimoiy taraqqiyot uyg‘unligi”: 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal534.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdumalikov Abdulatif Abidjonovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Maxamadixon Isroilovich, falsafa fanlari doktori, professor; Xakimov Nazar Xakimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatning yangi taraqqiyot bosqichida ijtimoiy taraqqiyot va ta’lim uyg‘unligining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda ta’lim va ma’rifatning o‘zaro sotsiodinamik uyg‘unligiga erishish ijtimoiy taraqqiyotni yaxlit bir butun tizim sifatida anglashga olib kelishi, ta’limning praksiologik taraqqiyot uchun xizmat qiladigan ratsional echim sifatidagi ijobiy ta’siri ochib berilgan;
jamiyat ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida ta’lim tizimining an’anaviylikdan innovatsion jarayonga o‘tishi zamonaviy ontologik tendensiyalar sifatida yuksak malakali kadrlarning yangi avlodini tayyorlash tamoyillarining uyg‘unlashuviga olib kelishi aniqlangan;
ta’lim konsepsiyasi ta’limni gumanizatsiyalashtirish, kreativlashtirish va intellektuallashtirishi sababli sotsial determinizm asosida ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashda natijador omil ekanligi isbotlangan;
jamiyatning ijtimoiy rivojlanishiga erishish va barqarorligini ta’minlashda erkin ijodiy kreativ tafakkur, intellektual salohiyatni yuksaltirish hamda inson kapitalini noosferizatsiyalash (tabiat-inson-jamiyat) ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi mezon ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida ta’lim va ijtimoiy taraqqiyot uyg‘unligi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatda ta’lim va ma’rifatning o‘zaro sotsiodinamik uyg‘unligiga erishish, ijtimoiy taraqqiyotni yahlit bir butun tizim sifatida anglashga olib kelishi, O‘zbekistonda shaxs, jamiyat va davlat ijtimoiy taraqqiyotining barqarorligini ta’minlashga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3907-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi «Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 736-con Qarori bo‘yicha O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari tomonidan yoshlar bilan seminar-trening, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilishda, ta’limga oid boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini rejalashtirish uchun ilmiy materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yil 15 martdagi 04-13/451-son ma’lumotnoma). Natijada, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etiladigan ta’limga oid tadbirlarda foydalaniladigan ilmiy materiallarning sifati va ta’sirchanligi oshishi va yoshlarda erkin ijodiy kreativ tafakkur va ta’limning praksiologik taraqqiyot uchun xizmat qiladigan ratsional echim sifatidagi ta’siri va intellektual salohiyatni yuksaltirish xizmat qilgan;
jamiyat ijtimoiy-madaniy taraqqiyotida ta’lim tizimining an’anaviylikdan innovatsionlikka o‘tishi zamonaviy ontologik tendensiyalar demokratik institutlarni rivojlantirish, ta’limning ijtimoiy taraqqiyoti, ta’lim tizimining an’anaviylikdan innovatsionlikka o‘tishi sharoitida yuksak malakali kadrlarning yangi avlodini tayyorlash tamoyillariga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2021 yil mo‘ljallangan Yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan.(O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2021 yil 1 iyuldagi 01-05-238-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston SDP Farg‘ona viloyati Kengashidagi deputatlik guruxlarini 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ustivor yo‘nalishlarni rivojlantirish va yuksak malakali kadrlarning yangi avlodini tayyorlash tamoyillarining uyg‘unlashuviga olib kelishi, mavjud muammolarni ratsional sotsiodinamik echimini topishga xizmat qilgan;
jamiyat va davlat munosabatlarini ta’lim konsepsiyasi asosida yangicha ko‘rinishga olib chiqish, ta’limni gumanizatsiyalashtirish, kreativlashtirish va intellektuallashtirish mehnat bozori talablarida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, davlat va nodavlat ta’lim asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda milliy ta’lim siyosatining istiqbolli yo‘nalishlarini ochib berilishiga doir yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbuskorligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida mamlakatimizda “O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalari” qabul qilinishi, hamda O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi 5-maqsad - “Gender tenglikni ta’minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga doir tadbirlar, tanlovlar, ma’ruzalar va tashkilot faoliyatiga doir boshqa materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) kotibiyatining 2021 yil 12 iyuldagi 03-07/466-son ma’lumotnoma). Natijada, ta’limning ijtimoiy natijalarini kreativlashtirish va intellektuallashtirish, sotsial determinizm asosida ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qilgan;
jamiyatning ijtimoiy rivojlanishiga erishish va barqarorligini ta’minlashda erkin ijodiy kreativ tafakkur, intellektual salohiyatni yuksaltirish mamlakatimizda ta’limning o‘ziga xos falsafiy jihatlaridan kelib chiqqan holda, ma’naviy-ma’rifiy sotsiodinamik o‘zgarishlariga doir natijalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida, jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2021 yil yanvardagi O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishga oid “O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatni keng targ‘ib kilish, “Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari” g‘oyasini ruyobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari” 17 bandi “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatda boshlangan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik harakati, maqsadli islohotlarni keng xalq ommasiga etkazish, jamiyatda faol fuqarolik tuyg‘usini mustahkamlash, bunda ziyolilar, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalari, salohiyatidan unumli foydalangan holda qaratilgan tizimli targ‘ibotni amalga oshirish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda dissertatsiya ateriallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 6 avgustdagi 02/08-913 – son dalolatnoma). Natijada, jamiyatning yangi rivojlanish bosqichida istiqbolli ta’lim tizimini yaratishga, inson kapitalini noosferizatsiyalashga (tabiat-inson-jamiyat), innovatsion ta’lim va taraqqiyotning uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qilgan.