Inoyatov Dilovar Tolibovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energiya samarador binolarning sokol` devorlari orqali o‘tadigan namlikdan saqlash usullarini takomillashtirish”, 05.09.01- “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1869.
Ilmiy rahbar: Tulakov Elmurad Salamovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Fayziev Xomitxon hamda texnika fanlari nomzodi, dotsent Pirmatov Rahmatullo Hamidulloevich. 
Yetakchi tashkilot: “O‘ZOG‘IRSANOATLOYIHA” AJ. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pishiq g‘ishtdan barpo qilinadigan binolarning poydevor va devorlarini er ostidan ko‘tariladigan namlikdan himoya qilish usullarini takomillashtirish hisobiga, binolarning umrboqiyligini ta’minlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
poydevor konstruksiyasining g‘ovaklik tuzilishi va namlik o‘tkazuvchanlik xususiyatlarini ifodalovchi nazariyasiga asosan, poydevorda namlikning kapillyar ko‘tarilish balandligini suyuqlikning ta’sir vaqtiga bog‘liq holda hisoblashning muhandislik ifodasi, betondagi g‘ovaklik muhitiga bog‘liqligi nazariy jihatdan isbotlangan; 
poydevor tanasini tovoni bilan birgalikda gidroizolyasiya qilish orqali, poydevor tanasi agressiv namlikdan himoyalanishi va uning xizmat muddati binoning xizmat muddatigacha oshishi asoslangan;
poydevor-devor orasidagi gorizontal gidroizolyasiya qatlam qorishmasiga gidrofob qo‘shimcha qo‘shish asosida, gorizontal gidroizolyasiya qatlamning tarkibi takomillashtirilgan; 
poydevorning kapital ta’mirlashgacha bo‘lgan minimal ekspluatatsiya qilish muddati (K) hamda gruntdagi agressiv (ishqor, tuz, sul`fat) namlik ta’siridan rulonli gidroizolyasiya materialining cho‘zilishi (D)ga va ruxsat etilgan me’yoriy cho‘zilish miqdoriga bog‘liq holda, gidroizolyasiya materialining uzoqqa chidamliligini hisoblashning analitik usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Energiya samarador binolarning sokol` devorlari orqali o‘tadigan namlikdan saqlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bino poydevori bilan devorlari orasida sement-qum qorishma tarkibiga MasterPel-793 markali gidrofob qo‘shimchasi qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan gidroizolyasiya usuli “Me’morqurilishloyiha” MChJ, “ParvizProektServis” MChJ hamda “Qishloqqurilishloyiha” MChJlarda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 6 dekabrdagi №09-06/13833-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kam qavatli turar-joylarda (gidroizolyasiya qatlamni qayta tiklash va ta’mirlash hisobiga) bino umumiy narxining 12 % miqdorida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish