Ermatov Ziyadulla Dosmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahaliy xomashyo asosida yoyli eritib qoplash uchun ko‘p komponentli elektrod qoplamasini yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T361.
Ilmiy maslaxatchi: Dunyashin Nikolay Sergeevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Riskulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Tilabov Baxodir Kurbanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
mahalliy mineral va organik xomashyolardan yoyli dastakli eritib qoplash uchun ko‘p komponentli qoplamali elektrodlarni yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eritib qoplangan metallning xususiyatlarini va tarkibini prognoz qilish imkonini beradigan, maxalliy mineral va organik xom ashyolardan foydalanib eritib qoplash elektrodlarining ko‘p komponentli qoplamasini olishning ilmiy prinsiplari keltirilgan;
eritib qoplash elektrodlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan mineral xomashyo bazasi va uning funksional qo‘llanilishi asosida shixta komponentlarining klassifikatsion sxemasi ishlab chiqilgan;
maxalliy mineral xomashyo bazasidan foydalanilib, oksidlar asosi koeffisienti va shlak asosining erish diagrammasini hisobga olgan holda eritib qoplash elektrodlarining qoplamasining shlak asosi taklif etilgan;
elektrod qoplamasining shixta komponentlarini klassifikatsion sxemasi bazasida yoyli dastakli eritib qoplashda shlak va metall vannasida kuzatiladigan jarayonlarning fizik modeli taklif etilgan;
elektrod qoplamasining tarkibida oksidsizlantiruvchilarning miqdorini optimallash imkonini beradigan, yoyli dastakli eritib qoplashda fazalar tarkibini prognozlash metodi bo‘yicha fizik modeli asosida eritib qoplangan metallning shakllanishining matematik modeli ishlab chiqilgan;
eritib qoplangan metallning eyilishga bardoshliligi va mustaxkamlik xarakteristikalarini oshiruvchi maxalliy mineral va organik materiallardan foydalanib shlak tizimlarining erish diagrammasidan aniqlangan eritib qoplash elektrodlarini shlak asosining tarkibi takomillashtirilgan;
eritib qoplash elektrodlarini shlak tizimlarining texnologik va fizik xususiyatlariga ishqorli va ishqor-tuproqli oksidlarning ta’siri tadqiqot qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Maxalliy xom ashyolardan tayyorlangan eritib qoplash elektrodlarining ko‘p komponentli qoplamasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
eritib qoplangan metallning quyma strukturasini tarkibini prognozlash imkonini beruvchi, eritib qoplash uchun elektrodlarning ko‘p komponentli qoplamasini hosil qilish ilmiy prinsiplari MChJ QK “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan (“Uzmontajmaxsusqurilish” AJning 2022 yil 25 fevraldagi 01/63-03-11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tajribalarni o‘ziga hos jihozlarda o‘tqazishga sarflanadigan sarf xarajatlarni 14-16%ga kamaytirishga erishilgan;
elektrod qoplamasining tarkibida oksidsizlantiruvchilarning miqdorini optimlalashtirish imkonini beruvchi, qoplama komponentining klassifikatsiyasi va ularning funksional qo‘llanilishini inobatga olgan holda eritib qoplangan metallning shakllanish jarayonining matematik modeli MChJ QK “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan (“Uzmontajmaxsusqurilish” AJning 2022 yil 25 fevraldagi 01/63-03-11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eritib qoplangan metall tarkibida kislorod miqdori 7-9%ga kamaygan;
ishqorli va ishqor-tuproqli metallarning karbonatlar kompozisiyalarini qo‘llash hisobiga ishlab chiqilgan eritib qoplash elektrodlarini qoplamasining gaz hosil qiluvi komponentlari tarkibi MChJ QK “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan (“Uzmontajmaxsusqurilish” AJning 2022 yil 25 fevraldagi 01/63-03-11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eritib qoplangan metall tarkibida kislorod va azot miqdori 10-12%ga kamaygan;
eritib qoplangan metallning kam uglerodli va kam legirlangan qatlamini eritib qoplash uchun, oksidlarning asos koeffisientlari va erish diagrammalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan shlak hosil qiluvchi komponentlarning tarkibi MChJ QK “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan (“Uzmontajmaxsusqurilish” AJning 2022 yil 25 fevraldagi 01/63-03-11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eritib qoplangan metallning eyilishga bardoshligi 13-15%ga oshdi;
ishqorli metallarning ftoridlari va nometallarning oksidlarini qo‘llash hisobiga ishlab chiqilgan eritib qoplash elektrodlarining rafinirlovchi komponentlarining tarkibi MChJ QK “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan (“Uzmontajmaxsusqurilish” AJning 2022 yil 25 fevraldagi 01/63-03-11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eritib qoplangan metall tarkibida vodorod miqdori 9-11%ga kamaygan;
ferroqotishmalar kompozisiyalarini qo‘llab ishlab chiqilgan eritib qoplash elektrodlarining qoplamasini tayyorlash texnologiyasi MChJ QK “V.L. Gal`perin nomidagi Toshkent truba zavodi” korxonasida joriy etilgan (“Uzmontajmaxsusqurilish” AJning 2022 yil 25 fevraldagi 01/63-03-11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada abraziv materiallar ishqalanish sharoitida eritib qoplangan metall eyilishga chidamligi 11-13%ga oshgan.