Yunusova Durdona Axtamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shavkat Rahmon she’riyatida metaforani hosil qiluvchi leksik-grammatik vositalar tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil.796.
Ilmiy rahbar: Ernazarova Manzura Saparboevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Eltazarov Jo‘liboy Danabaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shavkat Rahmon she’riyatida metaforalarni hosil qiluvchi leksik-grammatik birliklarning ifoda xususiyati, kognitiv va pragmatik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shavkat Rahmon ijodida metaforalar she’r ta’sirchanligi va so‘z qudratini oshiruvchi, original ma’nolarni kashf qilishda olamning lisoniy manzarasini tasavvur qilishning asosiy vositalaridan biri ekanligi aniqlangan;
Shavkat Rahmon she’riyatida qo‘llanilgan “etim yalpizlar”, “yirtilgan shamol”, “sochi qumrol”, “ko‘hna zamin tulladi” kabi yangi turdagi metaforalar kognitiv va pragmatik xususiyatga ega fenomen ekanligi dalillangan;
shoir she’rlarida qo‘llanilgan metaforalarning badiiy tasvir vositalardan individualligi, metaforalar ontologiyasi va metaforizatsiyaning yangi sinergetik qonuniyatlar asosida atash (nominativ) vazifalarini ifodalashi ochib berilgan;
Shavkat Rahmon she’rlarida bir-biriga o‘xshamagan, boshqa ijodkorlar qo‘llamagan metaforalar, sintaktik figuralar, sintaktik-stilistik kombinatsiyalarning uslubiy jihatdan mutlaqo yangi ma’no kasb etishi, metaforalar nutqning vazifaviy shakllari uchun xos fikriy-mental vosita ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shavkat Rahmon she’riyatida metaforani hosil qiluvchi leksik-grammatik vositalarning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
badiiy matnda metaforalar she’r ta’sirchanligi va so‘z qudratini oshiruvchi, original ma’nolarni kashf qilishda olamning lisoniy manzarasini tasavvur qilishning asosiy vositalaridan biri ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan FZ-2016-0908165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 23 iyundagi 129-son ma’lumotnomasi). Natijada metaforaning o‘ziga xos leksik-grammatik xususiyatlari, uslubiy imkoniyatlarining izohlanishida asos bo‘lib xizmat qilgan;
Shavkat Rahmon she’riyatida qo‘llanilgan “etim yalpizlar”, “yirtilgan shamol”, “sochi qumrol”, “ko‘hna zamin tulladi” kabi yangi turdagi metaforalar kognitiv va pragmatik xususiyatga ega fenomen ekanligini izohlashga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 28 iyuldagi 171/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘plab metaforalarning izohlari mukammallashtirilgan;
shoir she’rlarida qo‘llanilgan metaforalarning badiiy tasvir vositalardan individualligi, metaforalar ontologiyasi va metaforizatsiyaning yangi sinergetik qonuniyatlar asosida atash (nominativ) vazifalarini ifodalashiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan olib borilgan A1-XT-0-92997 raqamli «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 5 avgustdagi 161-son ma’lumotnomasi). Natijada metaforalarni ifodalovchi vositalarning o‘rni, ahamiyatini yoritishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
Shavkat Rahmon she’rlarida bir-biriga o‘xshamagan, boshqa ijodkorlar qo‘llamagan metaforalar, sintaktik figuralar, sintaktik-stilistik kombinatsiyalarning uslubiy jihatdan mutlaqo yangi ma’no kasb etishi, metaforalar nutqning vazifaviy shakllari uchun xos fikriy-mental vosita ekanligiga doir nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 8 avgustdagi 229/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Shavkat Rahmon she’riyatida metaforani hosil qiluvchi leksik-grammatik vositalarning o‘ziga xos xususiyatlari, metaforaning she’r muvaffaqiyatidagi ishtiroki ochib berilgan.