Nazarov Uktam Otabekovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo vohasi me’moriy yodgorliklarifni saqlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/A39.
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori; Yunusov Shukrullo Xayrulloevich, arxitektura fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qadimgi, o‘rta asrlar, xonliklar va chor Rossiyasi davrlariga oid Surxondaryo vohasining shaharsozligi va me’morligi hamda ularning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish, yodgorliklarning grafik rekonstruksiyasi takliflarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadimgi ibodatxonalar arxitekturasi Afg‘oniston hududida vertikal tarzda buddaning turgan holatiga, Surxondaryo viloyati hududida 3 qismli hovli atrofi ayvon tarzida buddaning o‘tirgan holatiga hamda Tojikiston hududida 2 qismli yo‘laksimon tarzda buddaning yotgan holatiga mo‘ljallanib barpo etilganligi aniqlangan;
Surxondaryoda maqbaralar asosan bir gumbazli bo‘lganligi, boshqa hududlardan farqli ravishda bino bezaklarining kamligi, Abu Iso at-Termiziy va Al Hakim at-Termiziy maqbaralari tipologiyasida masjid va xonaqoh kompleks tarzda shakllanganligi dalillangan;
Qirqqiz yodgorligi xonaqoh, saroy, ko‘shk, karvonsaroy bo‘lganligi xususida ma’lumotlar mavjudligi, shuningdek ushbu yodgorlik Suriyada Qasr al-Hayr al-Sharqi, Qasr al-Hayr al-G‘arbi va Iordaniyada Qasr Xaranalar kabi arablar chegarasini bildiruvchi qal’a arxitekturasiga o‘xshash ekanligi aniqlangan;
hududning turizm infrastrukturasini boyitishga xizmat qiluvchi Sopollitepa manzilgohi, Fayoztepa ibodatxonasi, Qirqqiz qal’asi, Abu Iso at-Termiziy maqbarasi hamda Iskandar ko‘prigining qadimgi ko‘rinishlarini grafik qayta tiklash taklif loyihalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo vohasi me’moriy yodgorliklarini saqlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qadimgi ibodatxonalar arxitekturasi Afg‘oniston hududida vertikal tarzda buddaning turgan holatiga, Surxondaryo viloyati hududida 3 qismli hovli atrofi ayvon tarzida buddaning o‘tirgan holatiga hamda Tojikiston hududida 2 qismli yo‘laksimon tarzda buddaning yotgan holatiga mo‘ljallanib barpo etilganligiga oid xulosalardan Madaniyat vazirligining muzeyshunoslik faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2021 yil 27 apreldagi 01-01/659-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyoda qadimgi ibodatxonalar tipologiyasining shakllanishi yuzasidan aniq tasavvur hosil qilish imkoniyati yaratilgan;
Surxondaryoda maqbaralar asosan bir gumbazli bo‘lib, boshqa hududlardan farqli ravishda binoning bezaklari kamligi, Abu Iso at-Termiziy va Al Hakim at-Termiziy maqbaralari tipologiyasida masjid va xonaqoh kompleks tarzda jipslanganligi kabi xulosalardan Madaniyat vazirligining turizm faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2021 yil 26 iyuldagi 01-03-1337-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyatining ziyorat turizm salohiyatini oshirishga hamda ichki turizm faoliyatini rivojlantirishga erishilgan;
Qirqqiz yodgorligi xonaqoh, saroy, ko‘shk, karvonsaroy bo‘lganligi xususida yozma ma’lumotlar mavjudligi, ushbu yodgorlik Suriyada Qasr al-Hayr al-Sharqi, Qasr al-Hayr al-G‘arbi va Iordaniyada Qasr Xaranalar kabi arablar chegarasini bildiruvchi qal’a arxitekturasiga o‘xshash ekanligiga oid xulosalardan Madaniyat vazirligining turizm faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2021 yil 26 iyuldagi 01-03-1337-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu yodgorlikning umumiy ko‘rinishi haqida aniq to‘xtamga kelib, tarixiy yodgorliklarni qayta tiklash va restavrasiya qilishda ulardan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
hududning turizm infrastrukturasini boyitishga xizmat qiluvchi Sopollitepa manzilgohi, Fayoztepa ibodatxonasi, Qirqqiz qal’asi, Abu Iso at-Termiziy maqbarasi hamda Iskandar ko‘prigining qadimgi ko‘rinishlari yuzasidan taklifi Madaniyat vazirligining loyihalash jarayonlari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2021 yil 27 apreldagi 01-01/659-son ma’lumotnomasi). Natijada, yodgorliklarning dastlabki ko‘rinishlari haqida aniq tasavvur hosil qilish imkoniyati yaratilgan.